Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Finlyandiya Rossiyaliklarni ommaviy deportatsiya qilmoqda

Dunyo
36
Finlyandiya Rossiyaliklarni ommaviy deportatsiya qilmoqda
Finlyandiya hukumati so‘nggi paytlarda Rossiyadan kelgan fuqarolarga nisbatan qat’iy chora-tadbirlarni kuchaytirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin bu mamlakatga qochib kelgan ko‘plab rossiyaliklar ommaviy ravishda deportatsiya qilinmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvaridan sentyabriga qadar 104 nafar rossiyalik Finlyandiya hududidan chiqarib yuborilgan.

Ularning boshpana so‘rovlari rad etilgani asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Rossiyalik faol Maksim Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil davomida boshpana olish uchun murojaat qilganlarning aksariyati suhbatga chaqirilmagan.

2024 yil oxirlaridan boshlab intervyu jarayonlari boshlanib, deyarli 90 foiz arizalar rad etilgan. Ba’zi rossiyaliklar bu qarorga norozi bo‘lib, sudga murojaat qilgan yoki qayta boshpana olish uchun ariza bergan.

Finlyandiya migratsiya xizmati Rossiyadagi safarbarlikdan qochish holatini yetarli sabab deb hisoblamaydi, chunki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, safarbarlik tugatilgan. Shu sababli ayrim fuqarolar majburiy ravishda mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

2025 yilning sakkiz oyida 18 kishi deportatsiya qilingan. Ular odatda Turkiya yoki Estoniya orqali Finlyandiyani tark etgan, Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri chegaralar esa yopiq qolmoqda.

Shu bilan birga, boshpana olishga muvaffaq bo‘lganlar ham mavjud. Ular asosan Rossiya hukumati qarorlariga norozi bo‘lgan yoki siyosiy ta’qibga uchragan shaxslardir.

Mutaxassislar fikricha, bu holat Yevropa mamlakatlarining migratsiya siyosatida keskin va qat’iy yo‘nalishlarni kuchaytirishiga olib kelishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026