Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Viktor Soyning yangi rasmi auktsionda sotiladi

Dunyo
46
Viktor Soyning yangi rasmi auktsionda sotiladi
Mashhur musiqachi va rassom Viktor Soyning yangi ijodiy asari savdoga chiqarildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

“Rossiya san’ati. XVIII–XXI asrlar.

Rassomlik, grafika, haykaltaroshlik” nomli auktsionda san’atkorning kartonga chizilgan rasmi lot sifatida taqdim etildi. First Names kim oshdi savdosi ma’lumotlariga ko‘ra, rasmning boshlang‘ich narxi 1,5 million rubl qilib belgilangan.

Sotuv yakunida summa 2,5 milliondan 6 million rublgacha yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Asarda og‘zidan sariq raketa uchib chiqqan qizil kvadrat shaklidagi odam tasvirlangan.

Ushbu chizma 1980 yillarda aralash texnika yordamida yaratilgan bo‘lib, unga alohida nom berilmagan. Dastlab u fotosuratchi Sergey Borisov to‘plamida saqlangan.

Auksion uyi saytida qayd etilishicha, Viktor Soyning serqirra iste’dodi vaqt sinovidan o‘tib, o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Uning “O‘zgarishlar” qo‘shig‘i butun davr madhiyasiga aylangan.

U san’atda erkin va dadil ijod qilib, asarlari orqali davr ruhini teran his etgan hamda kelajakni tasavvur qilishdan cho‘chimagan. Shuningdek, 2024 yilda san’atkorning yana bir chizmasi Vladey auksionida sotuvga qo‘yilib, 8 million rublga xarid qilingan edi.

Bu lot o‘sha paytda kutilganidan besh baravar yuqori narxga chiqib, rekord o‘rnatgandi. Viktor Soyning ijodi san’at olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, uning asarlari katta qiziqish bilan kutib olinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026