Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 0 м/с, СВ
ENRU

Rossiya osmonida qonli oy tutilishi sodir bo‘ladi

Dunyo
39
Rossiya osmonida qonli oy tutilishi sodir bo‘ladi
Rossiya osmonida noyob astronomik hodisa – qonli oy tutilishi kuzatiladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hodisa Moskva vaqti bilan soat 21:12 da eng yuqori nuqtasiga yetadi va aynan shu paytda Oy butunlay qorong‘ulikka burkanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shunday to‘liq tutilishni keyingi etti yil ichida yana ko‘rish imkoni bo‘lmaydi.

Moskva Planetariysi ma’lumotiga ko‘ra, qonli oy deb atalishining sababi shundaki, Oy Yer soyasidan o‘tib, asta-sekin yorqinligini yo‘qotadi va qizg‘ish tus oladi. Bu hodisa nafaqat Rossiya hududida, balki Avstraliya, Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham kuzatiladi.

Shuningdek, uning ayrim bosqichlari Yevropa, Sharqiy Osiyo, Afrika va Yangi Zelandiyada ko‘rinadi. Ammo Janubiy va Shimoliy Amerika aholisi bu tutilishni ko‘ra olmaydi.

Astronomlarning tushuntirishicha, Oy to‘liq tutilgan paytda Yer Quyosh va Oy o‘rtasida joylashadi. Bu jarayonda Yer atmosferasi ulkan linza vazifasini bajaradi.

U orqali o‘tgan yorug‘likning qisqa to‘lqinlari – ko‘k va yashil ranglar yutiladi, asosan qizil nurlar esa Oyni o‘ziga xos qonga o‘xshash rang bilan yoritadi. Ushbu hodisa tabiiy va noyob astronomik voqea sifatida katta qiziqish uyg‘otadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026