Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СВ
ENRU

Amerikalikka cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli ko‘chirildi

Dunyo
66
Amerikalikka cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli ko‘chirildi
Tibbiyot sohasida yangi tarixiy yutuq qayd etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

67 yoshli amerikalik bemor Tim Endryusga genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan olingan buyrak ko‘chirib o‘tkazildi. Ushbu organ bilan bemor olti oydan ortiq vaqt yashab kelmoqda.

Bu hodisa ksenotransplantatsiya, ya’ni hayvon organlarini inson tanasiga ko‘chirish sohasida katta yutuq sifatida baholanmoqda. Nufuzli Nature jurnali bu haqda ma’lumot berdi.

Endryu terminal buyrak yetishmovchiligi bilan og‘ridi va ikki yildan ortiq vaqt dializ muolajasiga muhtoj edi. Joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan amaliyotdan so‘ng u dializsiz yashash imkoniga ega bo‘ldi.

Mutaxassislar bu natijani ksenotransplantatsiyaning eng muhim qadamlaridan biri deb hisoblamoqda. Bu jarayon Massachusets shtatining Kembrij shahrida joylashgan eGenesis biotexnologiya kompaniyasi tomonidan tayyorlangan genetik modifikatsiyalangan cho‘chqa buyragi yordamida amalga oshirildi.

Buyrakda rad etish xavfini kamaytirish uchun ayrim antigenlar olib tashlangan, inson genlaridan yettita gen qo‘shilgan, bu esa yallig‘lanish va qon ketish ehtimolini pasaytiradi. Shuningdek, cho‘chqa genomida mavjud retroviruslar faolsizlantirilgan.

Avstraliyalik transplantatsiya mutaxassisi Ueyn Xotornning ta’kidlashicha, olti oy davomida bemorning buyrakni rad etmasligi ajoyib natija hisoblanadi. Bu davr eng xavfli hisoblanadi, chunki asoratlar va immun tizimining organni rad etishi mumkin.

Agar bemor bir yildan ortiq yashasa, bu tibbiyotda yangi bosqich bo‘ladi. Ilgari ham shunga o‘xshash amaliyotlar o‘tkazilgan.

Masalan, 53 yoshli amerikalik Tovana Luniga cho‘chqa buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan, u to‘rt oy va to‘qqiz kun yashagan, ammo keyinchalik organ rad etilgani uchun olib tashlangan. Tim Endryusning holati esa ancha muvaffaqiyatli kechmoqda.

Tibbiy mutaxassislar fikricha, ksenotransplantatsiya kelajakda millionlab insonlarning hayotini saqlab qolishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Hozirda organ transplantatsiyasiga muhtoj bemorlar soni katta, ammo donor organlar yetishmayapti.

Cho‘chqa a’zolaridan foydalanish esa inson salomatligini saqlashda yangi imkoniyatlar ochadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026