Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Germaniyada o‘qituvchi 16 yil maosh olib ishga bormadi

Dunyo
53
Germaniyada o‘qituvchi 16 yil maosh olib ishga bormadi
Germaniyada noyob voqea keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Shimoliy Reyn-Vestfaliya viloyatidagi Vezel shahrining kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi 16 yil davomida ishga bormasdan, muntazam ravishda maosh olgani aniqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qituvchi 2009 yildan beri rasmiy kasallik ta’tilida bo‘lgan va har oy tibbiy ma’lumotnoma taqdim qilib, ish haqini olgan.

Shu tariqa unga 16 yil davomida taxminan bir million yevro to‘langan. Har oy o‘rtacha maoshi 6,1 ming yevroni tashkil qilgan.

Bu holat maktab rahbariyati o‘zgargach aniqlangan. Yangi ma’muriyat o‘qituvchining holatini tekshirishga qaror qilib, uni tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chaqirgan.

Lekin o‘qituvchi bu qarorni adolatsizlik deb hisoblab, masalani sudga olib borgan. Sud jarayonida u uzoq yillik kasallik ta’tili asosida olingan maosh qonuniy ekanligini himoya qilgan.

Biroq sud maktab tomonini qo‘llab-quvvatlagan va o‘qituvchi nafaqat ish haqini qaytarishi shart emas, balki 2,5 ming yevro sud xarajatini ham qoplashi kerakligi haqida qaror chiqargan. Sudya bu holatni tushunarsiz deb atagan, chunki o‘qituvchi 16 yil davomida biror marta darsga bormagan, ammo doimiy tibbiy ma’lumotnoma topshirgan va shu bilan maosh olgan.

Germaniya qonunlariga ko‘ra, davlat xizmatchilari, jumladan o‘qituvchilar cheklanmagan kasallik ta’tili huquqiga ega va bu davrda to‘liq ish haqi olishlari mumkin. Biroq qonun kasallik ta’tilida bo‘lgan shaxsning boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishini qat’iyan taqiqlaydi.

Aniqlanishicha, o‘qituvchi kasallik ta’tili davomida tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan startap tashkil qilgan. Bu qonun talablarini buzish hisoblanib, uning sudda mag‘lub bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Ushbu voqea Germaniyada davlat xizmatchilari kasallik ta’tiliga oid qonunlar va ularning amaliyoti haqida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026