Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Varshavada metro kutubxonasi ochildi, 16 ming kitob mavjud

Dunyo
85
Varshavada metro kutubxonasi ochildi, 16 ming kitob mavjud
Polsha poytaxti Varshava shahrida madaniyat va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yangi loyiha amalga oshirildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Metro bekatida zamonaviy kutubxona ochildi. “Metroteka” nomli madaniy markaz Targuvek tumanidagi M2 yo‘nalishining Konratovicha bekatida faoliyat boshladi.

Ushbu loyiha shahardagi aholiga va metro yo‘lovchilariga smartfonlardan ko‘ra kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otishni, ularga madaniy va dam olish uchun qulay muhit yaratishni maqsad qilgan. Kutubxona ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, kattalar va bolalar uchun alohida maydonlar tashkil etilgan.

Shuningdek, ommaviy o‘qish va madaniy tadbirlar uchun maxsus joy ajratilgan. Umumiy maydoni 150 kvadrat metr bo‘lgan Metroteka kutubxonasida taxminan 16 mingdan ortiq kitob mavjud.

Barcha kitoblar kontaktsiz chiplar yordamida “ekspress” tarzda taqdim etiladi. Kitoblarni o‘qib bo‘lgach, ular qayta kutubxonaga yoki 24 soat faoliyat ko‘rsatadigan maxsus qabul qutisiga topshirilishi mumkin.

Metroteka tashrif buyuruvchilarga nafaqat kitob o‘qish, balki noutbukni vaqtincha ishlatish, internetdan foydalanish, shovqindan uzoq tinch muhitda ishlash imkonini ham beradi. Bundan tashqari, bepul qahva va issiq shokolad bilan dam olish imkoniyati ham mavjud.

Loyiha ish boshlagan birinchi kunda 400 dan ortiq kitob tarqatildi. Ularning orasida maktab darsliklari, sayohat uchun qo‘llanmalar, ilmiy va amaliy kitoblar ham bor.

Bu yangi kutubxona Varshava shahrida madaniyat va bilim olishga katta hissa qo‘shadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026