Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Zelenskiy Putinga Kiyevda muzokara taklif qildi

Dunyo
18
Zelenskiy Putinga Kiyevda muzokara taklif qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinga muzokaralarni Kiyev shahrida o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda u ABC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Zelenskiyning fikricha, Putinning Moskvada uchrashuv tashkil etish taklifi asosan vaqtni cho‘zish maqsadida qilingan taktika hisoblanadi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat raketa zarbalari va harbiy hujumlar ostida qolayotgan bir paytda u Moskvaga borishga tayyor emas. U “men terrorchilar poytaxtiga qadam qo‘ymayman” deb ta’kidladi.

Zelenskiy shuningdek, oldin rejalashtirilgan Alyaska uchrashuvida ishtirok etmaslik afsusli holat bo‘lganini aytdi. Unga ko‘ra, Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda o‘z maqsadlariga mos natijalar olgan.

Ukraina rahbari Rossiyaga qarshi qo‘shimcha iqtisodiy va siyosiy bosim zarurligini ham ta’kidladi. U ayrim hamkorlar Rossiya nefti va gazini sotib olishda davom etayotganini tanqid qildi.

Zelenskiyning fikricha, Rossiyaning asosiy quroli energiya resurslari bo‘lib, bularni sotib olishni to‘xtatish eng samarali choradir. Shuningdek, Zelenskiy xavfsizlik kafolatlari masalasiga ham e’tibor qaratdi.

U mamlakat himoyasini faqat milliy armiyaning ta’minlay olishini aytdi. Donbassdagi Ukraina qo‘shinlarining mustahkam pozitsiyalari mavjudligini qayd etdi va Rossiya ushbu hududni to‘liq egallash uchun katta qurbonlar berishga majbur bo‘lishini ta’kidladi.

Zelenskiy “bufer zona” yaratish g‘oyasini katta xato deb atadi, chunki hozirda amalda 10-20 kilometrli “o‘lim zonalari” mavjud. Unga ko‘ra, Putin Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashishdan qochayotgani sababli qabul qilib bo‘lmaydigan takliflarni ilgari surmoqda va bu siyosiy jihatdan yomon qadam hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026