Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+22°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

Qatar Isroilning Dohadagi hujumlarini qoraladi

Dunyo
28
Qatar Isroilning Dohadagi hujumlarini qoraladi
Qatar Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Majid Al-Ansari Isroilning zarbalarini qoraladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, Isroil hujumlari HAMAS siyosiy byurosi a’zolari yashayotgan turar-joylarga qaratilgan. Vazirlik bayonotida bunday harakatlar xalqaro huquq va me’yorlarni ochiqdan-ochiq buzish ekanligi ta’kidlandi.

Bu hujumlar Qatar fuqarolari hamda mamlakatda istiqomat qiluvchi rezidentlarning xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Qatar hukumati Isroilning mintaqadagi xavfsizlikni izdan chiqarayotgan beparvo siyosatini qattiq qoralab, mamlakat xavfsizligi va mustaqilligiga qarshi qaratilgan har qanday harakatlarga toqat qilmasligini bildirdi.

Vazirlik yuqori darajada tergov ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi va yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi, dedi. HAMAS manbalari Al-Jazeera orqali ma’lum qilishicha, Dohada sulh taklifini muhokama qilayotgan yig‘ilishdagi barcha amaldorlar Isroilning suiqasd urinishidan omon qolgan.

Xabarlarga ko‘ra, Isroil zarbalari aynan Tramp taklif qilgan kelishuvni muhokama qilayotgan guruhni yo‘q qilishga qaratilgan. Isroil hukumati operatsiya uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Bosh vazir idorasi bayonotida HAMASning yuqori rahbarlariga qarshi zarba mustaqil Isroil amaliyoti ekanligi va uni o‘zlari boshlagani, o‘tkazgani hamda to‘liq mas’ul ekanliklari bildirildi. Shu bilan birga, AQShning Dohadagi elchixonasi xavfsizlik choralarini kuchaytirganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentyabr kuni Qatar poytaxtida bir nechta kuchli portlashlar eshitilgan edi. Jurnalist Barak Ravidning Isroil rasmiylariga tayanib bergan xabarlariga ko‘ra, bu portlashlar HAMAS yetakchilariga qaratilgan suiqasd sifatida amalga oshirilgan.

Natijada, Isroil harbiy-havo kuchlari Dohada HAMAS rahbariyatiga aniq zarba berganini e’lon qildi. Bu voqea Yaqin Sharqdagi keskinlikni yanada kuchaytirib, mintaqadagi siyosiy va harbiy vaziyatni murakkablashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026