Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Germaniyada palliativ shifokorga qotillik aybi qo‘yildi

Dunyo
54
Germaniyada palliativ shifokorga qotillik aybi qo‘yildi
Germaniyada kamida 15 kishini qasddan o‘ldirgan palliativ yordam shifokoriga qarshi sud jarayoni boshlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Berlin shahrida yashovchi va palliativ yordam hamda hamshiralik xizmatida faoliyat yuritgan 40 yoshli Yoxannes M. 15 bemorni qasddan o‘ldirishda ayblanmoqda.

Tergovchilar uning haqiqatan ham 100 ga yaqin odamni hayotdan qasddan ayrilgani haqida gumon qilmoqda. Palliativ yordam shifokorining asosiy vazifasi og‘ir kasallikka chalingan va ruhiy holati notinch bemorlarni uy sharoitida kuzatib, ularning jismoniy va hissiy og‘irliklarini kamaytirishga qaratilgan.

Biroq ayblanuvchi bu majburiyatni buzib, bemorlarga hayotga xavf soluvchi dorilarni bergan. Ushbu inyeksiyalardan so‘ng bemorlarning ko‘pchiligi nafas olishni to‘xtatgan.

Shuningdek, ayblanuvchi qotillik izlarini yashirish maqsadida qurbonlarning uylariga yoqilg‘i quyib, uyni yoqishga harakat qilgan. Bu voqea fuqarolar va mahalliy ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Sud jarayoni kamida 2026 yilning yanvar oyining oxirigacha davom etishi kutilmoqda. Prokuratura Yoxannes M.ga hukmni qayta ko‘rib chiqish huquqisiz umrbod qamoq jazosi tayinlanishini so‘ramoqda.

Ushbu ish Germaniyada palliativ yordam sohasidagi etik va huquqiy masalalarga e’tibor qaratilishiga sabab bo‘lmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026