Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

G‘azo sektorida ochlik qurbonlari soni oshmoqda

Dunyo
43
G‘azo sektorida ochlik qurbonlari soni oshmoqda
G‘azo sektorida ochlik va yetarlicha ovqatlanmaslik sababli halok bo‘layotgan insonlar soni kundan-kunga oshmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida yana besh nafar falastinlik ochlikdan vafot etdi. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan boshlab ocharchilik va oziq-ovqat tanqisligi sabab 404 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ularning orasida 141 nafar bola borligi vaziyatning qanchalik og‘ir ekanligini ko‘rsatadi. 2024 yil 22 avgust kuni Integratsiyalashgan oziq-ovqat xavfsizligi fazasi tasnifi (IPC) G‘azoda ocharchilik darajasini eng yuqori, ya’ni 5-bosqichga ko‘tarilganini e’lon qilgan edi.

Shundan so‘ng yana 126 kishi, jumladan 26 nafar bola ochlikdan vafot etgani ma’lum qilindi. Isroil tomonidan qo‘yilgan qattiq blokada, chegaralarning yopilishi va doimiy harbiy hujumlar mintaqada oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori-darmon tanqisligining keskin kuchayishiga olib keldi.

Xalqaro tashkilotlar va inson huquqlari himoyachilari Isroilni ochlik va tashnalikni qurol sifatida qo‘llashda ayblamoqda. Bu holat mintaqadagi ahvolning og‘irligini yanada oshirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026