Bugun
Suriya rahbari Isroil bilan maxfiy muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
+28°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮЗ
ENRU

Tramp Mudofaa vazirligini Urush vazirligiga o‘zgartirmoqchi

Dunyo
17
Tramp Mudofaa vazirligini Urush vazirligiga o‘zgartirmoqchi
AQSH Prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelganidan so‘ng o‘zining 200-farmonini imzoladi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu farmonga ko‘ra, “Mudofaa vazirligi” nomi “Urush vazirligi” deb o‘zgartirilishi taklif qilindi. Bu qaror Tramp va uning jamoasi uchun muhim siyosiy g‘alaba hisoblanadi.

Biroq, farmon to‘liq kuchga kirishi uchun AQSH Kongressining roziligi zarur, va bu ehtimol kam. Kongressda ikki partiya o‘rtasida bu masalada kelishuvga erishish qiyinligi sababli, rasmiy nomlanish ehtimoli past.

Shunga qaramay, Tramp bu o‘zgarishni norasmiy tarzda ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Uning fikricha, so‘zlarning kuchi katta bo‘lib, “mudofaa”dan “urush”ga o‘tish AQSHning global maydondagi pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tarixdan ma’lumki, AQSH mustaqillikka erishgach, Mudofaa vazirligi aslida “Urush vazirligi” nomi bilan faoliyat yuritgan. 1947 yilda bu nom o‘zgartirilgan.

Bugungi kunda esa Tramp va uning tarafdorlari ushbu nomni qayta tiklashni istamoqda. Bu esa AQSHning global raqobatda yanada qat’iy va kuchli pozitsiyaga ega bo‘lish istagini anglatadi.

Sovet Ittifoqi qulagach, dunyo ko‘p qutblilikka o‘tgan. AQSHga strategik raqib sifatida Xitoy Xalq Respublikasi ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Hindiston ham dunyoda ko‘p qutblilikning asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. 3 sentabr kuni Xitoy Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligi munosabati bilan katta harbiy parad o‘tkazdi.

Unda Xitoy o‘zining eng zamonaviy qurol-aslahalarini namoyish etdi. Oldingi yillarda Xitoy harbiy texnikasining ko‘pchiligini Rossiyadan xarid qilgan bo‘lsa, bugungi kunda u o‘zining harbiy salohiyatini mustaqil ravishda rivojlantirmoqda va zamonaviy qurol ishlab chiqaruvchi davlatga aylangan.

Paradda Xitoy turli raketalar, dronlar, robotlar va lazer qurollarini ko‘rsatdi. Ushbu qurollar kelajak urushlariga mo‘ljallangan bo‘lib, ekspertlar va siyosatchilar tomonidan katta e’tibor bilan qabul qilindi.

Biroq, ko‘pchilik namoyish qilingan qurollar hali real jang maydonida sinovdan o‘tmagan. Shu bilan birga, Rossiyaning 9 may paradlarida ko‘rsatgan qurollari ham keyingi Rossiya-Ukraina urushida kutgan samarani bermadi.

Bu holat zamonaviy harbiy texnika samaradorligi va jangovar tajriba masalalariga oid savollarni keltirib chiqarmoqda. Xitoyning harbiy paradida eng muhim voqealardan biri uning yadroviy triadaga ega ekanligini ochiq e’lon qilishi bo‘ldi.

Bu esa Xitoyning strategik qudratini yanada oshirishga qaratilgan signal sifatida qabul qilindi. Trampning “Mudofaa vazirligi” nomini “Urush vazirligi”ga o‘zgartirish tashabbusi va Xitoyning harbiy ko‘rsatmalari fonida global qurollanish poygasi kuchaymoqda.

Bu jarayonda dunyoda ko‘p qutblilik kuchayib bormoqda. Ayniqsa, Yevrosiyo qit’asining markazida joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasi geosiyosiy ahamiyatga ega.

Shu bois, O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro integratsiya, birlik va birdamlikni mustahkamlash orqali uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashi lozim. Katta davlatlar o‘rtasidagi raqobat va qurollanish poygasi sharoitida xalqaro huquqning samarali ishlashi muhim ahamiyatga ega, biroq mintaqa davlatlari o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish orqali yanada mustahkam pozitsiyaga ega bo‘lishlari kerak.

O‘xshash yangiliklar

Suriya rahbari Isroil bilan maxfiy muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
Suriya rahbari Isroil bilan maxfiy muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida Nyu-York shahrida o'tkazilgan Atlantika kengashi yig'ilishida Suriya rahbari Ahmad ash-Sharaa Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat yuzasidan
DunyoBugun, 03:52
Xitoylik olti yoshli qizcha Rubik kubigini yig'ishda jahon rekordini yangiladi
Xitoylik olti yoshli qizcha Rubik kubigini yig'ishda jahon rekordini yangiladi
Xitoylik olti yoshli Lyan Yunchji Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan rasmiy musobaqada u
DunyoBugun, 03:08
Vodaabe qabilasi erkaklari an’anaviy festivalda go‘zallik bo‘yicha bellashdi
Vodaabe qabilasi erkaklari an’anaviy festivalda go‘zallik bo‘yicha bellashdi
G‘arbiy Afrikaning Sahel hududida istiqomat qiluvchi Vodaabe qabilasi har yili yomg‘irlar mavsumi yakuniga yetgach, Gerevol deb nomlanuvchi o‘ziga xos an’anaviy festivalni o‘tkazadi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:00
Fransiyalik dorboz 186 metr balandlikdagi arqondan xavfsizlik vositalarisiz o'tdi
Fransiyalik dorboz 186 metr balandlikdagi arqondan xavfsizlik vositalarisiz o'tdi
Fransiyalik mashhur dorboz va sirk ustasi Tatyana-Mosio Bongonga navbatdagi hayratlanarli chiqishini muvaffaqiyatli yakunladi. U Fransiyaning Loos-an-Goel shahrida
DunyoBugun, 02:30
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi ish boshladi
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi ish boshladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida jahon siyosatining eng yirik tadbirlaridan biri — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasidagi yuqori darajadagi
DunyoBugun, 01:41
Olimlar inson miya to'qimasini sichqonlar organizmida o'stirishga erishdi
Olimlar inson miya to'qimasini sichqonlar organizmida o'stirishga erishdi
Stenford universiteti olimlari inson miya to‘qimasini jonli organizm ichida o‘stirish bo‘yicha noyob tajriba o‘tkazdi. Tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida inson
DunyoBugun, 01:32