Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Andijon mahsulotlari AQSHda savdo uyida namoyish etildi

Dunyo
43
Andijon mahsulotlari AQSHda savdo uyida namoyish etildi
Andijon to‘qimachilik sanoati rivojida muhim qadam tashlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

AQSHning Sent-Luis shahrida Andijon to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Yangi savdo uyi nafaqat do‘kon, balki shourum sifatida ham faoliyat yuritadi. Unda Andijon viloyatida ishlab chiqarilgan zamonaviy kiyim-kechak va turli to‘qimachilik mahsulotlari taqdim etiladi.

Shu bilan birga, u mahalliy va xalqaro xaridorlar uchun doimiy savdo maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Sent-Luis shahri AQSHning eng yirik transport va logistika markazlaridan biri hisoblanadi.

Shuning uchun ushbu savdo uyi orqali o‘zbek ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini mamlakatning turli shtatlarida keng tarqatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangi savdo maydonchasi Andijon to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirish, xalqaro bozorlarga chiqish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

Ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Shohratbek Abdurahmonov, “ITF Group LLC” ijrochi direktori Saidazim Burhonxo‘jayev, mahalliy biznes vakillari hamda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tadbirkorlari ishtirok etdi. Ushbu loyiha viloyat sanoatining xalqaro maydonga chiqishida yangi bosqich bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026