Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 1 м/с, В
ENRU

O‘zbekiston Afg‘onistondan 57 vertolyotni qaytarishi mumkin

Dunyo
36
O‘zbekiston Afg‘onistondan 57 vertolyotni qaytarishi mumkin
O‘zbekiston Afg‘onistonga tegishli 57 ta harbiy vertolyotni qaytarishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Afghanistan International nashrining xabariga ko‘ra, ushbu vertolyotlar 2021 yilda Afg‘oniston hukumatining ag‘darilishi vaqtida mamlakatdan olib chiqib ketilgan edi. Sobiq Afg‘oniston armiyasiga qarashli harbiy texnika 2021 yil avgust oyida Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin afg‘on harbiy uchuvchilari tomonidan O‘zbekiston va Tojikiston hududiga olib o‘tilgan.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, jami 46 ta havo kemasi O‘zbekistonga, yana 18 tasi Tojikistonga joylashtirilgan. Ushbu harbiy texnikalar orasida Mi-17 va UH-60 turidagi vertolyotlar, shuningdek PC-12, C-208, AC-208 va A-29 rusumli samolyotlar mavjud.

Tolibon hukumati o‘tgan yillar davomida bu texnikalarni qaytarishni bir necha bor talab qilgan, ammo Toshkent va Dushanbe rasmiylari masala bo‘yicha aniq bayonot bermagan. Shu bilan birga, AQShning O‘zbekistondagi elchisi 46 ta uchuv apparat yangi kelishuv asosida O‘zbekiston nazoratida qolishini bildirgan.

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha elchixonasi Tojikiston hukumatini samolyotlarni Tolibon hukumatiga topshirmagani uchun minnatdorlik bilan e’tirof etgan. Eslatib o‘tish joizki, 2025 yil fevral oyida «Amerika ovozi» nashri O‘zbekistondan 7 ta vertolyot AQShga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi.

Bu holat Tolibon Mudofaa vazirligi tomonidan keskin tanqid qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026