Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Marsda hayot izlari borligi haqida yangi dalillar topildi

Dunyo
49
Marsda hayot izlari borligi haqida yangi dalillar topildi
NASA va London Imperial kolleji olimlari Mars yuzasida hayotning dastlabki belgilariga o‘xshash izlarni aniqladilar. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ular Yezero krateridagi jinslarni o‘rganib, ularning tarkibida organik moddalarga va Yerda uchraydigan biokimyoviy jarayonlarga o‘xshash reaksiyalar izlariga duch kelishdi. Ushbu kashfiyot haqida ilmiy maqola nufuzli Nature jurnalida chop etildi.

Olimlar Bright Angel deb ataluvchi yorqin hududdagi toshlarni tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu jinslar tinch suv muhitida, ya’ni ko‘l yoki qirg‘oqda shakllangan cho‘kindi qatlamlaridan tashkil topgan.

Ularning tarkibida temir-fosfat va temir-sulfid bilan boyitilgan mayda tuzilmalar mavjudligi aniqlangan. Mutaxassislar bu tuzilmalar organik uglerod bilan reaksiya natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Yerda bunday jarayonlar ko‘pincha mikroorganizmlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. London Imperial kolleji professori Sanjiv Gupta fikricha, ushbu kashfiyot katta ahamiyatga ega.

Unga ko‘ra, olingan namunalar Marsda biologik jarayonlar mavjud bo‘lganining eng kuchli dalillaridan biridir. 2021 yildan buyon Yezero kraterida faoliyat yuritayotgan Perseverance marsoxodi Bright Angel hududidan namunalar olib, ularni maxsus kapsulada saqlamoqda.

Ushbu namunalar 2030-yillarda Yerga qaytarilishi rejalashtirilgan. Britaniya kosmik agentligi vakili Mettyu Kuk ham mazkur natijalarni yuqori baholadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, olingan ma’lumotlar Marsda mikrob hayoti uchun sharoit bo‘lganini ko‘rsatuvchi eng ishonchli dalillardan biridir. Garchi yakuniy xulosani ehtiyotkorlik bilan chiqarish zarur bo‘lsa-da, bu kashfiyot insoniyatni “Biz koinotda yolg‘izmizmi?” degan asosiy savolga javob topishga bir qadam yaqinlashtiradi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026