Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Ruurlo qishlog‘ida daraxtdan kutubxona yaratildi

Dunyo
37
Ruurlo qishlog‘ida daraxtdan kutubxona yaratildi
Gollandiyaning tinch va osoyishta Ruurlo qishlog‘ida noyob loyiha amalga oshirildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bir necha asrlar davomida qishloq aholisi uchun tarixiy ramz bo‘lgan kashtan daraxti qurib qolgan edi. Dastlab, odamlar uni kesib tashlashni o‘ylashdi, chunki qurigan daraxtdan foyda bo‘lmas, degan fikrlar mavjud edi.

Biroq mahalliy duradgor Rene Bruns bu vaziyatga boshqacha yondashdi. Uning taklifiga ko‘ra, daraxt tanasidan jamoaviy kutubxona yaratish mumkin edi.

Shu maqsadda u daraxtni qayta ishladi va unga yangi hayot berdi. Bruns bir nechta kichik bo‘lmachalar yasab, ularni suvga chidamli shisha eshiklar bilan yopdi hamda apelsin rangga bo‘ydi, natijada ajoyib ko‘rinish hosil bo‘ldi.

Loyihani amalga oshirish uchun u taxminan uch oy vaqt sarfladi. Mehnat natijasi qishloq ahlini xursand qildi — yangicha “ochiq osmon ostidagi kutubxona” ochildi.

Qishloq aholisi uylaridan turli kitoblar, bolalar uchun asarlar, qo‘llanmalar va hikoyalarni olib kelib, kutubxona javonlarini to‘ldirishdi. Bu tashabbus nafaqat yoshlar, balki kattalar uchun ham ma’naviy dam olish, bilim olish va o‘zaro muloqot joyiga aylandi.

Hozirda Ruurlodagi ushbu daraxt kutubxonasi qishloqning eng sevimli maskanlaridan biriga aylangan. U kitobxonlikni rivojlantirish bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026