Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Albaniyada davlat xaridlarida sun’iy intellekt joriy etildi

Dunyo
48
Albaniyada davlat xaridlarida sun’iy intellekt joriy etildi
Albaniyada davlat xaridlari tizimida muhim yangilik yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat hukumati davlat xaridlarini avtomatlashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida sun’iy intellektga asoslangan “Diella” nomli maxsus modelni joriy qildi. Ushbu tizim mamlakat bosh vazirligida birinchi marta jismonan mavjud bo‘lmagan, ammo qaror qabul qilish jarayonida faol ishtirok etuvchi raqamli a’zo sifatida tan olindi.

Bosh vazir Edi Rama o‘z bayonotida ta’kidlashicha, yangi sun’iy intellekt tizimi davlat xaridlari jarayonida korrupsiyasiz muhitni yaratishga xizmat qiladi. Endilikda davlat tenderlari va shartnomalar bo‘yicha qarorlar avtomatik tarzda “Diella” modeli tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Bu esa shaffoflikni mustahkamlashga yordam beradi. Avval “Diella” modeli “e-Albaniya” raqamli platformasi doirasida faoliyat yuritib, aholiga davlat xizmatlaridan qulay foydalanish imkonini yaratgan edi.

Endilikda esa u davlat boshqaruvi jarayoniga to‘liq kiritildi va bu Albaniyada raqamli texnologiyalardan foydalanishda yangi bosqich hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, sun’iy intellekt yordamida boshqaruv korrupsiya xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, tender va xarid jarayonlarida inson omilining ta’sirini pasaytiradi.

Shuningdek, “Diella” tizimi davlat qarorlarining samaradorligi va tezligini oshirish, davlat resurslarini tejashda ham muhim rol o‘ynashi mumkin. Hukumatning ushbu tashabbusi nafaqat Albaniyada, balki Yevropa hamjamiyatida ham katta e’tibor qozondi.

Tadqiqotchilar va iqtisodchilar fikricha, raqamli bosh vazir modellari kelajakda boshqa davlatlarda ham davlat xaridlari va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishda keng qo‘llanilishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026