Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Farg‘onada 130 yoshli ayol rasmiy tan olindi

Dunyo
93
Farg‘onada 130 yoshli ayol rasmiy tan olindi
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yashovchi 130 yoshli Huwaydo Umarova (Toshmatova) O‘zbekiston tarixida eng keksa inson sifatida rasmiy ravishda tan olindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi. Vazirlik tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida tumanning “Qoraqum” mahallasida o‘tkazilgan ro‘yxatlash ishlari vaqtida Huwaydo momoning tug‘ilgan sanasi hujjatlarda qayd etilmagani aniqlangan.

Buvayda tumani Adliya bo‘limining arizasi asosida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining sayyor majlisida mazkur masala ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, Huwaydo Umarova 1895 yil 1-yanvarda Buvayda tumanida tug‘ilgani rasmiy tasdiqlandi.

Shu tariqa, Huwaydo momo hozirda O‘zbekistonda eng yoshi ulug‘ shaxs sifatida e’tirof etildi. Adliya vazirligi bildirishicha, endilikda u Ginnes rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa inson sifatida kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ilgari Huwaydo momo haqida turli xabarlar mavjud bo‘lgan, ammo uning yoshini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar bo‘lmagan. Sud qaroridan so‘ng bu ma’lumot qonuniy kuchga ega bo‘ldi.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026