Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 1 м/с, В
ENRU

Malayziyada o‘quvchi o‘g‘irlanishni soxtalashtirdi

Dunyo
32
Malayziyada o‘quvchi o‘g‘irlanishni soxtalashtirdi
Malayziyada maktabga bormaslik uchun o‘zining o‘g‘irlanganini soxtalashtirgan o‘quvchi holati jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

World of Buzz nashri xabar berishicha, o‘smir o‘qishga borishni istamasligi uchun o‘g‘irlanganligi haqida yolg‘on ariza bergan. Bola va uning otasi politsiyaga murojaat qilib, maktabga ketayotgan paytda kimdir uni o‘g‘irlamoqchi bo‘lganini aytishgan.

Tergov jarayonida esa bu voqea rost emasligi, hammasi o‘ylab topilganligi aniqlangan. Huquq-tartibot organlari bosimi ostida o‘smir haqiqatni tan oldi.

U uyda qolish uchun otasini ishontirish maqsadida bunday yolg‘on gaplarni aytganini bildirdi. Politsiya vakillaridan biri bolaning maktabga borishni xohlamasligining sababini poyabzalining iflos bo‘lishi bilan izohladi.

Hodisa jiddiy ko‘rinishiga qaramay, bolaning yoshi va holati inobatga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi ochilmadi. Buning o‘rniga bola va uning otasiga rasmiy ogohlantirish berildi.

Politsiya jamoatchilikni, xususan ota-onalarni bolalarga bunday harakatlarning oqibatlarini tushuntirishga chaqirmoqda. Soxta bayonotlar politsiya resurslarini behuda sarflashga olib keladi va voyaga yetmaganlar uchun huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida ham shunga o‘xshash o‘g‘irlanish haqidagi soxta xabarlar tarqalgan edi, ammo hokimiyat va IIBB bunday voqea yuz bermagani haqida ma’lumot bergan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026