Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 0 м/с, СВ
ENRU

Kiyev viloyatida portlashlar yuz berdi, sabab aniqlanmoqda

Dunyo
41
Kiyev viloyatida portlashlar yuz berdi, sabab aniqlanmoqda
Kecha, 13 sentyabr, shanba kuni kechqurun Kiyev viloyatida bir necha portlashlar yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu holat aholi orasida katta xavotir uyg‘otdi. Biroq, hududiy harbiy boshqarma vakillarining ma’lum qilishicha, portlashlar Rossiya harbiylari tomonidan amalga oshirilgan havo hujumi bilan bog‘liq emas.

Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari ta’kidlaganidek, portlashlardan oldin havo hujumi haqida hech qanday signal berilmagan va dushman tomonidan havo nishonlari qayd etilmagan. Hozirda portlash yuz bergan hududda favqulodda xizmatlar faoliyat olib bormoqda.

Maxsus xizmatlar barcha ehtiyot choralarini ko‘rmoqda. Rasmiy bayonotlarda voqeaning aniq sabablari hozircha ma’lum emasligi va qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik taqdim etilishi bildirilgan.

Shu bilan birga, “Ukrzaliznitsya” milliy temir yo‘l kompaniyasi Kiyev viloyatidagi infratuzilma obyektlari zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Kompaniya rasmiy bayonotida “Favqulodda vaziyat oqibatida Kiyev yaqinidagi infratuzilma obyektlariga shikast yetdi.

Shu sababli ‘Boyarka’ stansiyasi orqali o‘tishi kerak bo‘lgan poyezdlar vaqtincha boshqa yo‘nalishlarda harakat qilmoqda”, deb qayd etilgan. Mutasaddilar portlashlar sabablarini o‘rganishni davom ettirmoqda.

Aholiga tavsiya qilinadiki, osoyishtalikni saqlasin, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmasin va faqat rasmiy manbalarga tayanishsin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026