Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Xovdda o‘lat kasalligi sababli cheklovlar joriy etildi

Dunyo
54
Xovdda o‘lat kasalligi sababli cheklovlar joriy etildi
Mo‘g‘ulistonning Xovd viloyatida o‘latga o‘xshash kasallik belgilari aniqlangani sababli, hududda vaqtincha cheklov choralar joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy ma’muriyatning ma’lumotiga ko‘ra, Bulgan qishlog‘ida o‘latga xos simptomlar bilan kasallik holatlari qayd etilgan. Shundan so‘ng, hokimiyat tomonidan ommaviy tadbirlarni to‘xtatish, maktablarda o‘quv jarayonini masofaviy shaklda davom ettirish hamda zarur profilaktika va dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xovd viloyatida fuqarolarning harakati cheklangan, transport vositalari kirish-chiqishi nazoratga olingan. Ayrim savdo nuqtalari va umumiy ovqatlanish joylari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Tibbiyot muassasalari yuqumli kasallikka chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni kuzatib boradi. Avvalroq, Xubsugul viloyatida ham o‘lat tarqalishi xavfi sababli qat’iy cheklovlar joriy qilingan edi.

Bu hududda ham aholining harakati, transport qatnovi, bozorlar va ovqatlanish muassasalari faoliyati vaqtincha cheklangan. Sog‘liqni saqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 12 sentyabr holatiga ko‘ra, o‘lat kasalligiga chalingan 3 bemor bilan yaqin aloqada bo‘lgan 110 nafar fuqaro shifokorlar nazoratida.

Ularning har biri alohida ro‘yxatga olingan va tibbiy kuzatuv ostida. Qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil avgust holatiga ko‘ra, Mo‘g‘ulistonning 17 viloyatidagi 130 aholi punktida o‘lat o‘choqlari aniqlangan.

2014 yildan 2024 yilgacha mamlakatda jami 20 kishi o‘lat kasalligiga chalingan, ulardan 9 nafari vafot etgan. Bu holatlar sog‘liqni saqlash sohasida ehtiyot choralarini kuchaytirishni talab qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026