Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Tramp Putinni urushni to‘xtatishga ishontira olmadi

Dunyo
24
Tramp Putinni urushni to‘xtatishga ishontira olmadi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi urushni to‘xtatishga majbur qila olmasligiga ishonchi so‘nayotganini bildirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

G‘arb ommaviy axborot vositalari bu haqda xabar bermoqda. So‘nggi oylar davomida Tramp urushni to‘xtatish borasida katta va’dalar bergan bo‘lsa-da, endi muzokaralar orqali Putinni tinchlik yo‘lidan borishga undash oson emasligini anglab yetmoqda.

Axios nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Tramp o‘z maslahatchilariga Putinning muzokaralarga bo‘lgan niyatini noto‘g‘ri baholaganini tan olgan. U, shuningdek, agar urush to‘xtatilmasa, Rossiyaga qarshi qattiq choralar ko‘rilishini ta’kidlamoqda.

Tramp yaqinda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQSH Rossiyaga qarshi kuchli sanksiyalar joriy etishga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo bunday chora ko‘rilishi uchun NATO davlatlari ham Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishi kerakligini bildirdi.

Uning fikricha, urush Tramp prezidentlik davrida boshlanmagan, balki Bayden va Zelenskiy tomonidan davom ettirilmoqda. Tramp urushni to‘xtatish va minglab insonlarning hayotini saqlab qolishga harakat qilayotganini ta’kidladi.

Agar NATO AQSH bilan bir xil qat’iy chora ko‘rsa, urush tezda yakunlanadi, aks holda vaqt va resurslar behuda sarflanadi. 14 sentyabr kuni Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida Yevropa davlatlarini Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishga chaqirdi.

U joriy etilgan sanksiyalar yetarlicha kuchli emasligini aytdi va NATO mamlakatlari o‘z choralarini kuchaytirishi kerakligini ta’kidladi. Prezidentlik saylovi oldidan Tramp Rossiya-Ukraina urushini tezda yakunlashga va’da bergan edi.

Oq uy rahbari sifatida u Putin bilan bir necha bor telefon orqali muloqot qildi. Joriy yilning 15 avgustida esa ular Alyaska shtatida uchrashib, deyarli uch soat davomida muzokara olib bordi.

Biroq bu uchrashuvdan amaliy natija chiqmadi va hatto vaqtincha ham urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmadi. Tramp ushbu muzokarani ijobiy baholab, Fox News telekanaliga bergan intervyusida uchrashuvga 10 ballik tizimda to‘liq baho berdi.

Lekin ko‘pchilik tahlilchilar Alyaskadagi sammit Oq uy uchun mag‘lubiyat, Kreml uchun esa g‘alaba sifatida baholandi. Trampning "Putin aqldan ozibdi" va "Putindan hafsalam pir bo‘ldi" kabi ogohlantirishlari esa Rossiya rahbariga ta’sir qilmaganligi qayd etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026