Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+22°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

Tramp Putinni urushni to‘xtatishga ishontira olmayapti

Dunyo
32
Tramp Putinni urushni to‘xtatishga ishontira olmayapti
AQSH prezidenti Donald Tramp so‘nggi kunlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga ko‘ndirish imkoniyatiga jiddiy shubha bilan qaray boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

G‘arbdagi bir qator nufuzli nashrlar ushbu holat haqida ma’lumot tarqatdi. Avvalroq Tramp bir necha bor jamoat oldida urushni tezda tugatishga va’da bergan edi.

Biroq hozirda u muzokaralar orqali Putinni tinchlikka chaqira olmasligini tan olmoqda. Axios nashrining yozishicha, Oq uy rahbari maslahatchilariga Kreml rahbarining tinchlik muzokaralariga oid niyatini noto‘g‘ri baholaganini aytgan.

Tramp bir necha bor agar Ukrainada otishmalar davom etsa, Rossiyaga qarshi qattiq choralar ko‘rilishini ta’kidlagan. Yaqinda u Truth Social platformasida qilgan chiqishida Vashington Moskvaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etishga tayyorligini bildirgan.

Shu bilan birga, buning uchun NATO davlatlari ham qat’iy chora ko‘rib, Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatishi kerakligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu urush uning emas, balki Bayden va Zelenskiy urushi hisoblanadi.

Tramp urushni to‘xtatishga harakat qilayotganini va minglab rossiyalik hamda ukrainaliklarning hayotini saqlab qolishni maqsad qilganini ta’kidlagan. U bir haftada 7118 kishining halok bo‘lishini katta fojea deb atadi va NATO kerakli choralarni ko‘rsa, urush tezda yakunlanishini aytdi.

14-sentyabr kuni Tramp jurnalistlar bilan suhbatda Yevropaning Rossiyadan neft sotib olishini tanqid qildi. U Yevropani Vashington bilan hamohang ravishda sanktsiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.

Prezidentlik saylovi davrida Tramp urushni 24 soat ichida to‘xtatishga va’da bergan edi. Shu maqsadda u Putin bilan bir necha bor telefon orqali suhbatlashdi.

Keyinchalik, 15-avgust kuni Alyaskada yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazildi. Taxminan uch soat davom etgan muzokaralardan amaliy natija chiqmadi, hatto vaqtinchalik kelishuv ham tuzilmadi.

Uchrashuvdan so‘ng Tramp ijobiy fikr bildirib, Fox News telekanalida Putin bilan muloqotni yuqori baholagan. Biroq ko‘plab tahlilchilar Alyaska sammitini Oq uy uchun mag‘lubiyat, Kreml uchun siyosiy g‘alaba deb hisoblamoqda.

So‘nggi paytlarda Trampning “Putin aqldan ozgan”, “Undan umid yo‘q” degan bayonotlari esa Rossiya rahbariga ta’sir qilmayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Shu bilan birga, Trampning dastlabki ishonchli va’dalaridan so‘ng Kreml bilan kelishuv topish imkoniyati asta-sekin kamaymoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026