Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Tokioda xavfsizlik inspektori yo‘lovchilardan pul o‘g‘irladi

Dunyo
40
Tokioda xavfsizlik inspektori yo‘lovchilardan pul o‘g‘irladi
Tokio politsiyasi Haneda aeroportida ishlagan 21 yoshli xavfsizlik inspektori Ryu Matsumotoni ushladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U yo‘lovchilarning bagajlarini tekshirish vaqtida naqd pul o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda. Matsumoto tergovchilarga ishining og‘irligi sabab ishdan bo‘shash haqida o‘ylagani va o‘g‘irlik qilish orqali hayajon olishni istagani haqida ma’lumot bergan.

Shuningdek, u o‘g‘irlagan pullarni yashash xarajatlariga sarflash niyatida ekanligini tan olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Matsumoto aprel oyidan buyon xavfsizlik kompaniyasida ishlaydi va Japan Airlines bilan tuzilgan shartnoma asosida yo‘lovchilarni nazorat qilish vazifasini bajaradi.

Politsiya uning avgust oyidan boshlab 70-80 yo‘lovchidan jami 1,5 million yen, ya’ni taxminan 10 ming dollar miqdorida pul o‘g‘irlaganini aniqlamoqda. So‘nggi voqea shanba kuni kechqurun yuz berdi.

Yo‘lovchi e’tiborini chalg‘itgan paytda Matsumoto 90 ming yenni yashirincha olib, uni hojatxonadagi qog‘oz o‘ramiga yashirgani aniqlangan. Yo‘lovchi puli yo‘qligini payqab, kuzatuv kameralari yozuvlari orqali gumondor fosh etildi.

Manba: The Japan Times

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026