Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

AQSH va Xitoy TikTok egasini kelishmoqda

Dunyo
41
AQSH va Xitoy TikTok egasini kelishmoqda
AQSH moliya vaziri rasmiy bayonotida Vashington va Xitoy TikTokning Amerikadagi faoliyatiga mahalliy egalik masalasida kelishuvga erishgani ma’lum qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Vazir Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kelishuvga prezident Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin juma kuni imzo qo‘yadi. Biroq Pekin bu ma’lumotni hali tasdiqlamagan.

Agar Xitoy kelishuvni qabul qilmasa, 17-sentyabr kuni AQSH hududida TikTok platformasi to‘liq bloklanishi mumkin. Trampning ta’kidlashicha, Madridda o‘tgan savdo muzokaralari samarali kechdi va yoshlar uchun muhim bo‘lgan platforma taqdiri yuzasidan zarur kelishuvga erishildi.

TikTokning xitoylik egasi AQSHdagi operatsiyalari uchun xaridor topishi shart qilib qo‘yildi. Aks holda, ilova mamlakatda taqiqlanishi ehtimoli yuqori.

Ma’lumot uchun, AQSH Oliy sudi yanvar oyida o‘tgan yil qabul qilingan qonunni tasdiqlagan. Unga ko‘ra, kompaniya operatsiyalarini topshirmasa, TikTok butunlay taqiqlanadi.

AQSH Adliya vazirligi esa platformaning amerikalik foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga ega bo‘lishini milliy xavfsizlik uchun jiddiy tahdid deb baholaydi. TikTok rahbariyati bu ayblovlarni rad etib, AQSHdagi faoliyatlari mustaqil ekanligini va Xitoy hukumatiga ma’lumot uzatilmasligini ta’kidladi.

Shuningdek, taqiq amerikaliklarning so‘z erkinligi va ma’lumotlarini himoya qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bildirilmoqda. Bloklash qonuni kuchga kirgandan so‘ng, Tramp yanvar oyida taqiqni 75 kunga kechiktirishga rozilik bildirgan.

Keyinchalik muddat uch marta uzaytirilib, so‘nggi sana 17-sentyabrga belgilandi. Avvalroq TikTokning ehtimoliy xaridorlari sifatida Tesla asoschisi Ilon Mask, bloger va biznesmen MrBeast hamda investor Frenk Makkurt nomlari tilga olingan edi.

Hozirda ko‘zlar 17-sentyabrga qaratilgan bo‘lib, shu kunda platformaning va uning millionlab foydalanuvchilarining kelajagi aniqlanishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026