Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+18°
пасмурно ветер 2 м/с, В
ENRU

BMT: Isroil G‘azoda genotsidni davom ettirmoqda

Dunyo
31
BMT: Isroil G‘azoda genotsidni davom ettirmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining mustaqil xalqaro komissiyasi Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini genotsid deb tan oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Komissiya hisobotida Isroil hukumati falastinliklarni guruh sifatida yo‘q qilishga qaratilgan siyosat olib borganligi qayd etildi. Aholining ko‘payish qobiliyatini cheklash uchun turli choralar joriy qilingan, farzand ko‘rish imkoniyatini to‘suvchi usullar qo‘llanilgan.

Shuningdek, falastinliklarning jismonan yo‘q qilinishiga olib keluvchi og‘ir turmush sharoitlari yaratilib, ular uchun hayot sharoitlari keskin yomonlashtirilgan. Hisobotda bu harakatlarning Rim statuti va Genotsid jinoyatini oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya talablariga to‘liq javob berishi alohida ta’kidlandi.

Komissiyaning asosiy xulosalariga ko‘ra, Isroil hozirda ham G‘azo sektorida genotsidni davom ettirmoqda va bu jarayon 1948-yildan beri eng shafqatsiz bosqichga yetgan. Mamlakat siyosiy va harbiy rahbarlari, jumladan bosh vazir Binyamin Netanyaxu, bu jarayonga ochiqcha chaqiriq qilgan.

Tel-Aviv G‘azo aholisining himoyasini ta’minlay olmadi va genotsidning oldini olish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmadi. Shuning uchun davlatlar Isroil armiyasining G‘azo va boshqa bosib olingan hududlardagi harakatlarini to‘xtatish uchun barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanishi zarur.

BMT komissiyasining mazkur hisobotidan so‘ng xalqaro hamjamiyatda keng muhokamalar boshlandi. Unda aytilishicha, hozirgi vaziyat butun mintaqaning kelajagi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026