Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 3 м/с, С
ENRU

Gruziyada “Tinder firibgari” Saymon Leviyev hibsga olindi

Dunyo
35
Gruziyada “Tinder firibgari” Saymon Leviyev hibsga olindi
Gruziyada “Tinder firibgar” nomi bilan tanilgan Saymon Leviyev, asl ismi Shimon Xayut, Batumi aeroportida hibsga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “The Jerusalem Post” nashri xabar berdi. Gruziya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Leviyev Interpolning xalqaro qidiruvi asosida qo‘lga olingan.

Uning advokati mijozining hibsga olinishi sababini hozircha tushunmayotganini aytib, u dunyo bo‘ylab erkin sayohat qilganini ta’kidladi. Saymon Leviyev o‘zini olmos biznesining vorisi deb tanishtirib, Tinder ilovasi orqali ayollarni aldab, ulardan katta miqdorda pul olgan.

U hayoti xavf ostida ekanini aytib, taxminan 10 million dollar miqdorida mablag‘ yig‘gan. 2019 yilda Isroilda firibgarlikda ayblanib, 15 oyga qamoqqa hukm qilingan, ammo besh oy o‘tib ozodlikka chiqarilgan.

Shundan so‘ng o‘zini biznes maslahatchisi deb ko‘rsatgan. Leviyevning qurbonlari moliyaviy zararlarini qoplash uchun kurashni davom ettirmoqda.

2022 yil yanvarida Netflix “The Tinder Scammer” nomli hujjatli filmni taqdim etdi. Unda Leviyev tomonidan aldangan uch ayol bilan suhbatlar aks etgan.

Film premeradan keyingi birinchi haftada qariyb 46 million marta ko‘rilib, platformaning eng mashhur filmlari qatoriga kirgan. Shuningdek, 2022 yil aprelida Ispaniya hukumati Leviyevni soxta hujjatlar ishlatgani uchun hibsga olish bo‘yicha order chiqargan.

Hozirda uning holati bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026