Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 3 м/с, С
ENRU

Faruq A’zam ayollarni yordamga yuborishni taklif qilgani uchun hibsga olindi

Dunyo
53
Faruq A’zam ayollarni yordamga yuborishni taklif qilgani uchun hibsga olindi
Afg‘onistonda Energetika va suv xo‘jaligi vazirligining yuqori martabali maslahatchisi Faruq A’zam ayollarni zilziladan zarar ko‘rgan Kunar viloyatiga hamshira sifatida yuborishni taklif qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Afghanistan International axborot manbasi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Faruq A’zamning qo‘lga olinishi “Tolibon” yetakchisi Xibatulloh Oxundzoda buyurtmasi bilan amalga oshirilgan.

Hozirda u Kobuldagi maxsus nazorat idorasida saqlanmoqda va ishi harbiy sudga yuborilgan. Faruq A’zam ijtimoiy tarmoqlarda ayollar ta’limi va tibbiyot sohasida ularning ishtirokini qat’iy himoya qilgan.

U Meta platformasida ayol hamshiralarni Kunarga yuborish zarurligini ta’kidlab, bu orqali ayollarning jamiyatdagi rolini yanada muhim va kerakli ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, u Afg‘oniston ichida va xorijda faoliyat yuritayotgan ayol sog‘liqni saqlash mutaxassislarini zilziladan jabrlangan aholiga yordam berishga chaqirgan.

Maslahatchi “Bizdagi bilimli va tajribali ayollar jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash uchun tashabbus ko‘rsatishga va qurbonlik qilishga tayyormi? Agar tayyor bo‘lsa, aynan hozir shuning eng munosib vaqti” deb yozgan.

Ushbu voqea Afg‘onistonda ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki va ularning huquqlariga munosabat borasidagi keskin vaziyatni yana bir bor ochiq-oydin ko‘rsatdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026