ENRU

Jorjiyada 300 koreyalik ishchi noto‘g‘ri vizada ushlangan

Dunyo
431
Jorjiyada 300 koreyalik ishchi noto‘g‘ri vizada ushlangan
AQShning Jorjiya shtatida o‘tkazilgan immigratsiya reydi davomida 300 dan ortiq janubiy koreyalik ishchi hibsga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular Hyundai va LG kompaniyalariga qarashli zavod qurilishida vaqtincha ishlayotgan edi. Ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, qurolli ofitserlar ularni kishanlab, avtobuslarga olib ketgan.

AQSh rasmiylari ishchilarning noto‘g‘ri viza bilan ishlaganini ta’kidladi. Biroq keyinchalik ular jazolanishsiz mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat oldi.

Bu kelishuv ishchilarga kelajakda yana AQShda ishlash imkonini beradi. Hibsga olingan ishchilar sovuq va og‘ir sharoitlarda saqlanganini aytdi.

Ular ichimlik suvi iflos bo‘lganini, ko‘pchiligi esa yotoqsiz qolib, stollarda uxlashga majbur bo‘lganini bildirdi. Janubiy Koreya hukumati inson huquqlari buzilgani yuzasidan tekshiruv boshladi.

Ushbu voqea AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarni taranglashtirdi. Chunki yaqinda Seul hukumati AQShda katta sarmoya kiritish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi.

Ishchilarning bir qismi ruhiy zarba tufayli AQShga qaytishni istamasligini ma’lum qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Lyusi Milgrim og‘ir atletika bo‘yicha ko‘rsatgan natijasi bilan butun dunyo e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:29
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini oila qurishga undash maqsadida zamonaviy texnologiyalardan, xususan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ta’sirchan videolardan foydalanmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Yevropa Ittifoqi kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini to‘liq taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Turkiya mintaqaviy energiya markaziga
DunyoKecha, 22:38
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatiga qarashli Shapuri qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi davrida hududni bosqinchilardan ozod qilish yo‘lida jon fido qilgan o‘zbekistonlik jangchilar
DunyoKecha, 21:38
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
Amerika Qo'shma Shtatlari kompaniyalari Markaziy Osiyoning strategik xomashyo zaxiralariga bo'lgan qiziqishini amaliy harakatlar bilan mustahkamlamoqda. Xususan,
DunyoKecha, 21:23
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetdi. Eron Qurolli kuchlari rasmiy vakili Muhammad Akraminia
DunyoKecha, 20:59