Bugun
Meloni 2027 yil martida iste'fo berishi mumkin
+9°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Shvetsiyada maktablarda mobil telefon taqiqlandi

Dunyo
22
Shvetsiyada maktablarda mobil telefon taqiqlandi
Shvetsiya hukumati ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2026 yil kuzidan boshlab mamlakatdagi barcha maktablarda o‘quvchilarning mobil telefondan foydalanishi to‘liq taqiqlanadi. Ushbu qaror 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga taalluqlidir.

Har bir maktabda darslar boshlanishidan oldin o‘quvchilardan mobil telefonlar yig‘ib olinadi va faqat dars tugagach qaytariladi. Bu yangi tartibning asosiy maqsadi o‘quv muhitini samaraliroq qilish va bolalarning xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Shvetsiyadagi ushbu qaror Yevropaning boshqa davlatlarida qabul qilingan amaliyotlarga o‘xshashdir. Masalan, Daniyada yil boshida hukumat komissiyasi bolalar maskanlari va maktablarda mobil telefonlardan foydalanishni cheklashni tavsiya qilgan.

Ularning fikricha, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar smartfon yoki planshetga ega bo‘lmasligi lozim. Norvegiyada esa o‘tgan yili ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun qat’iy yosh chegarasi belgilandi.

Hukumat 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlab, texnologiya kompaniyalarini yosh avlod miyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishda aybladi. Shuningdek, 2024 yil yanvar oyida Niderlandiyada deyarli barcha maktablarda smartfonlar taqiqlandi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida bu tartib o‘quv muhitini sezilarli darajada yaxshilagani aniqlandi. So‘rovnoma ishtirokchilarining 75 foizi bolalarning diqqatini jamlash osonlashganini, 28 foizi esa ta’limdagi natijalarning yaxshilanganini qayd etdi.

Ushbu choralar ta’lim sifatini oshirish va yoshlarni ortiqcha texnologiya ta’siridan himoya qilishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Meloni 2027 yil martida iste'fo berishi mumkin
Meloni 2027 yil martida iste'fo berishi mumkin
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 2027 yil mart oyida iste'fo berish va mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlarini e'lon qilish imkoniyati haqida o'z yaqin siyosiy hamkorlari bilan muhokama
DunyoBugun, 13:30
Lula Braziliya tarixida to‘rtinchi marotaba prezident saylandi
Lula Braziliya tarixida to‘rtinchi marotaba prezident saylandi
Braziliya prezidentligi saylovlarining ikkinchi turida amaldagi rahbar Luis Inasiu Lula da Silva raqibi Flavio Bolsonaroga qarshi g‘alaba qozondi va mamlakat tarixida birinchi bo‘lib to‘rtinchi
DunyoBugun, 12:57
Fransiyada ommaviy noroziliklar politsiya bilan to'qnashuvga aylantirdi
Fransiyada ommaviy noroziliklar politsiya bilan to'qnashuvga aylantirdi
Fransiyada oktyabr oyi oxiridagi ommaviy noroziliklar politsiya bilan keskin to‘qnashuvlarga va tartibsizliklarga aylanib ketti. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga
DunyoBugun, 12:11
AQSH BMT bosh kotibi lavozimiga Orbanini nomzod qildi
AQSH BMT bosh kotibi lavozimiga Orbanini nomzod qildi
AQSH ma'muriyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi lavozimi uchun Vengriya sobiq bosh vaziri Viktor Orbanni nomzod etish taklifi qildi. Bu ma'lumot Wall
DunyoBugun, 11:37
Zelenskiy muzokaralardan oldin «qizil chiziqlarni» belgilab oldi
Zelenskiy muzokaralardan oldin «qizil chiziqlarni» belgilab oldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy noyabr oyida rejalashtirilgan tinchlik muzokaralaridan oldin Kiyevning rasmiy pozitsiyasini va o‘zgartirib bo‘lmaydigan «qizil chiziqlarini» aniq belgilab oldi.
DunyoBugun, 11:29
Serbiya prezidenti Vuchich saylov mag'lubiyatini tasdiqladi
Serbiya prezidenti Vuchich saylov mag'lubiyatini tasdiqladi
Serbiyada kutilmagan siyosiy o'zgarish yuz berdi. Mamlakatning prezidenti Aleksandr Vuchich erta kuzatilgan parlament saylovlarida o'z partiyasi "Birlashgan Serbiya"
DunyoBugun, 10:40