Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Charli Kirkka suiqasd uyushtirgan talaba hibsda

Dunyo
43
Charli Kirkka suiqasd uyushtirgan talaba hibsda
AQSHda mashhur konservativ faol Charli Kirkka suiqasd uyushtirishda gumonlanayotgan shaxsga og‘ir jazo qo‘llanishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat bosh prokurori Pamela Jo Bondi Fox News telekanaliga bergan intervyusida gumonlanuvchiga birinchi darajali qotillik aybi qo‘yilishi rejalashtirilgani va Yuta shtati qonunlariga muvofiq unga o‘lim jazosi tayinlanishi ehtimoli yuqori ekanligini ma’lum qildi. Bondi ta’kidicha, shtat gubernatori ham bunday og‘ir jinoyat uchun qatl jazosini talab qilishini aniq bildirgan.

AQSH Federal qidiruv byurosi direktori Kashyap Patel ham gumonlanuvchining aybini tasdiqlovchi dalillar borligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, gumonlanuvchining yozishmalarida jinoyatni tan olgani va jinoyat qurolida topilgan DNK dalillari mavjud.

Ma’lumotlarga ko‘ra, suiqasd 10 sentyabr kuni Yuta shtatidagi universitet shaharchasida sodir etilgan. Charli Kirk talabalarga nutq so‘zlar ekan, taxminan 800 metr masofadan o‘q uzilib, bo‘yniga teggan.

Tez yordam uni kasalxonaga olib borgan bo‘lsa-da, bir necha soat ichida vafot etgan. Qotillikda gumonlanuvchi 22 yoshli talaba Tayler Robinson bo‘lib, u politsiya tomonidan bir necha kundan so‘ng qo‘lga olingan.

Qiziq tomoni, uni qonun oldiga topshirgan shaxs uning otasi bo‘lib, u politsiyada 27 yil xizmat qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchining harakatlari marhum faolning siyosiy qarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan.

Hozirda Tayler Robinsonga nisbatan tergov jarayoni davom etmoqda. Agar sud ayblovlarni tasdiqlasa, u Yuta shtati qonunlariga ko‘ra eng og‘ir jazo – o‘lim jazosi bilan jazolanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026