Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Bolsonaru sog‘ligi yomonlashib, shifoxonaga yotqizildi

Dunyo
36
Bolsonaru sog‘ligi yomonlashib, shifoxonaga yotqizildi
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli yana shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqida uning o‘g‘li Flavio Bolsonaru ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 16 sentyabr kuni kechqurun otasi o‘zini yomon his qilgan.

Ayniqsa, hiqichoq bo‘lishi, qon bosimining keskin pasayishi va ko‘ngil aynishi kuzatilgan. Shu sababli uni politsiya nazorati ostida DF Star klinikasiga olib borishgan.

Flavio bu vaziyatni favqulodda holat deb atadi. Sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Mishel Bolsonaru ham erining bir qator tibbiy tekshiruvlardan o‘tganini va hozirda tomir orqali ukol olayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Jair Bolsonaru yaqinda davlat to‘ntarishini rejalashtirishda ayblanib, sud tomonidan 27 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Sud jarayonida sobiq prezident 2022 yilgi saylovlarda mag‘lub bo‘lgach, hokimiyatni ushlab qolish maqsadida konstitutsiyaga zid harakatlar qilgani aytilgan.

Bolsonaru esa o‘z aybini rad etib kelmoqda. Uning tarafdorlari va advokatlari bu qarorni siyosiy ta’qib sifatida baholamoqda.

Jair Bolsonaru Braziliya siyosatida eng bahsli va o‘ng qanotdagi yetakchilardan biri hisoblanadi. U 2019 yildan 2022 yilgacha mamlakatni boshqargan, keyingi saylovda Lula da Silvadan mag‘lub bo‘lgan.

Siyosatchi mag‘lubiyatini rasmiy tan olmagan bo‘lsa-da, lavozimini tark etgan. 2023 yil yanvar oyida uning tarafdorlari saylov natijalaridan norozi bo‘lib, Braziliya poytaxtida ommaviy namoyishlar va tartibsizliklar uyushtirgan.

Ular hukumat binolarini bosib olishga ham uringan, bu esa butun dunyoda katta e’tiborni tortgan. Sobiq prezident sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni avval ham ko‘p marta boshdan kechirgan.

U yetti yil oldin saylovoldi kampaniyasi paytida pichoqlangan va og‘ir jarohat olgan. Shundan beri bir necha bor shifoxonaga yotqizilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026