ENRU

Colossal Biosciences dodo qushini qayta tiriltiradi

Dunyo
81
Colossal Biosciences dodo qushini qayta tiriltiradi
AQSHning Colossal Biosciences nomli biotexnologiya kompaniyasi XVII asrda butunlay yo‘q bo‘lgan dodo qushini qayta tiriltirish loyihasini boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bloomberg nashrining xabariga ko‘ra, kompaniya bu maqsadga yetish uchun yetti yil muddat belgilagan. Tadqiqotchilar dodoning eng yaqin qarindoshlaridan biri bo‘lgan kaptardan olingan birlamchi jinsiy hujayralarni laboratoriya sharoitida yetishtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bu jarayon dodoning genetik tuzilishini qayta yaratishga imkon beradi. Colossal Biosciences loyihani amalga oshirish uchun 120 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan va kompaniyaning umumiy moliyalashtirish hajmi 555 million dollarga yetgan.

Startapning bozor qiymati 10,3 milliard dollardan oshadi. Yaqin yillarda Texas shtatida maxsus qushlarni o‘rganish va genetik tadqiqot markazi qurilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, kompaniya ilgari “qo‘rqinchli bo‘ri”ni qayta tiriltirish bo‘yicha ham ish olib borgan. Olimlar toshga aylangan qoldiqlardan olingan namunalar bilan zamonaviy kulrang bo‘rilarning genlarini uyg‘unlashtirib, kattaroq yangi tur yaratdilar.

Ushbu hayvonlar hozirgi bo‘rilardan 20–25 foizga kattaroqdir. Biroq bu loyiha mutaxassislar o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, chunki ayrim olimlar yangi tur haqiqiy qo‘rqinchli bo‘ri emas, balki uning uzoq qarindoshiga yaqin genetik kombinatsiya ekanligini ta’kidlashmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Lyusi Milgrim og‘ir atletika bo‘yicha ko‘rsatgan natijasi bilan butun dunyo e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:29
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini oila qurishga undash maqsadida zamonaviy texnologiyalardan, xususan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ta’sirchan videolardan foydalanmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Yevropa Ittifoqi kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini to‘liq taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Turkiya mintaqaviy energiya markaziga
DunyoKecha, 22:38
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatiga qarashli Shapuri qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi davrida hududni bosqinchilardan ozod qilish yo‘lida jon fido qilgan o‘zbekistonlik jangchilar
DunyoKecha, 21:38
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
Amerika Qo'shma Shtatlari kompaniyalari Markaziy Osiyoning strategik xomashyo zaxiralariga bo'lgan qiziqishini amaliy harakatlar bilan mustahkamlamoqda. Xususan,
DunyoKecha, 21:23
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetdi. Eron Qurolli kuchlari rasmiy vakili Muhammad Akraminia
DunyoKecha, 20:59