Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Tailandda erkak qasddan uzuk o‘g‘irladi va hibsga tushdi

Dunyo
49
Tailandda erkak qasddan uzuk o‘g‘irladi va hibsga tushdi
Tailandning Udon Thani viloyatida yashovchi 30 yoshli Pakin ismli erkak ataylab qimmatbaho uzuk o‘g‘irlab, o‘zini hibsga olishni xohladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U zargarlik do‘koniga kirib, sotuvchilardan “Agar men shu uzuk bilan chiqib ketsam, meni hibsga olishadimi?” deb so‘radi. Javobni eshitgach, uzukni olib, qo‘rqmay do‘kondan chiqib ketdi.

Do‘kon xodimlari uni darhol ushlab, politsiyaga topshirdi. Pakin hech qanday qarshilik ko‘rsatmay, qasddan jinoyat qilganini tan oldi.

So‘roq vaqtida u avval ham qamoqda bo‘lganini, ozodlikdagi hayot unga qiyinligini, qamoqdagi qat’iy tartibni afzal ko‘rishini aytdi. Oilaviy muammolar va narkotikga qaramlik sabab jamiyatdan uzilib qolganini bildirgan.

Shuning uchun u hech ikkilanmay qamoqqa qaytish uchun jinoyat yo‘lini tanlagan. Do‘kon egasi unga qarshi da’vo ariza bermagani uchun o‘g‘rilik bo‘yicha jazo tayinlanmadi, ammo politsiya uning narkotik moddalarga bog‘liqligini inobatga olib, ayblov qo‘yib, reabilitatsiya markaziga yubordi.

Mutaxassislar bunday holatlar insonning ruhiy muammolari va ijtimoiy moslashuvdagi qiyinchiliklardan dalolat berishini ta’kidlashmoqda. Jamiyatdagi yordam va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi kuchli bo‘lmasa, insonlar hatto qamoqni erkinlikdan ustun qo‘yishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026