Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+20°
небольшая облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Fransiyada siyosiy beqarorlik va qarz o‘sishi davom etmoqda

Dunyo
66
Fransiyada siyosiy beqarorlik va qarz o‘sishi davom etmoqda
Fransiyada siyosiy beqarorlik kuchaymoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

So‘nggi ikki yil ichida mamlakatda besh bosh vazir almashdi. Parlament uchga bo‘lingani sababli hukumat muhim qarorlarni, jumladan byudjetni qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Davlat qarzi 3 trillion yevrodan oshib, yalpi ichki mahsulotning 114 foiziga yetdi. 2025-yilda qarzni to‘lash xarajatlari 67 milliard yevroga yetishi kutilmoqda.

Reyting agentliklari Fransiyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarini pasaytirgani iqtisodiyot uchun ogohlantiruvchi belgi hisoblanadi. Mamlakatda norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalar hukumat siyosatidan norozi bo‘lib, ko‘chalarga chiqmoqda. Tahlilchilar Fransiyani “qarz va beqarorlik domidagi davlat” deb atamoqda.

Prezident Emmanuel Makron yangi bosh vazir sifatida 39 yoshli Sebastyan Lekornuni tayinladi. Uning asosiy vazifasi parlament bilan kelishgan holda 2026-yilgi byudjetni tasdiqlashdir.

Bu qaror Fransiyaning kelajagini belgilovchi muhim sinov bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026