ENRU

Olmaota Markaziy Osiyoda yashash uchun eng qimmat shahar

Dunyo
64
Olmaota Markaziy Osiyoda yashash uchun eng qimmat shahar
Markaziy Osiyo shaharlarining yashash uchun eng qimmat hududlari ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

“Numbeo” portali tomonidan joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra tayyorlangan reytingda Qozog‘istonning Olmaota shahri mintaqadagi eng qimmat shahar sifatida tan olindi. Hisobotda Olmaota shahri yashash qiymati indeksi bo‘yicha 29,4 punkt bilan jahon miqyosida 346-o‘rinni egalladi.

Bu natija uni nafaqat Qozog‘istonda, balki butun Markaziy Osiyoda yetakchi shahar darajasiga olib chiqdi. Reytingda boshqa shaharlarning o‘rinlari ham ko‘rsatilgan.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek 26,8 indeks bilan 364-o‘rinda joylashgan. Qozog‘istonning yana bir yirik shahri Astona 26,5 indeks bilan 366-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent esa 26,2 indeks bilan 370-o‘rinda qayd etildi. Tojikiston va Turkmaniston shaharlarining ma’lumotlari ushbu hisobotga kiritilmagan.

Toshkentda yashash xarajatlari haqida ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishilik oilaning uy-joy ijarasi hisobga olinmagan holda o‘rtacha oylik xarajatlari taxminan 23 million 39 ming so‘mni tashkil etadi. Yolg‘iz yashovchi shaxs uchun bu ko‘rsatkich 6 million 437 ming so‘m atrofida bo‘ladi.

Shuningdek, Toshkentda yashash qiymati Nyu-York shahri bilan solishtirilganda 72,2 foiz arzonroqdir. Uy-joy ijarasi bo‘yicha esa farq yanada katta bo‘lib, Toshkentda ijara narxlari Nyu-Yorkdagidan o‘rtacha 84,5 foiz arzon ekanligi qayd etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Lyusi Milgrim og‘ir atletika bo‘yicha ko‘rsatgan natijasi bilan butun dunyo e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:29
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini oila qurishga undash maqsadida zamonaviy texnologiyalardan, xususan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ta’sirchan videolardan foydalanmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Yevropa Ittifoqi kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini to‘liq taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Turkiya mintaqaviy energiya markaziga
DunyoKecha, 22:38
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatiga qarashli Shapuri qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi davrida hududni bosqinchilardan ozod qilish yo‘lida jon fido qilgan o‘zbekistonlik jangchilar
DunyoKecha, 21:38
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
Amerika Qo'shma Shtatlari kompaniyalari Markaziy Osiyoning strategik xomashyo zaxiralariga bo'lgan qiziqishini amaliy harakatlar bilan mustahkamlamoqda. Xususan,
DunyoKecha, 21:23
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetdi. Eron Qurolli kuchlari rasmiy vakili Muhammad Akraminia
DunyoKecha, 20:59