Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+14°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Qirg‘izistonda qish mavsumi og‘ir kechishi mumkin

Dunyo
64
Qirg‘izistonda qish mavsumi og‘ir kechishi mumkin
Qirg‘izistonda 2025–2026 yilgi qish mavsumi odatdagidan ancha og‘ir kechishi ehtimoli mavjud. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakat Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Vazirning ta’kidlashicha, asosiy muammo “To‘qtag‘ul” gidroelektrostansiyasidagi suv zahiralarining sezilarli darajada kamayishi bilan bog‘liq.

O‘tgan yilga nisbatan suv miqdori 1,6 milliard kub metrga kamaygan. 2024 yilda suv hajmi 12,4 milliard kub metr bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda bundan ham kam suv mavjud.

Bu esa taxminan 1,6 milliard kilovatt soat elektr energiyasining yo‘qolishiga olib kelmoqda. Ibrayev aholiga qonunlarga rioya qilish va elektr energiyasidan tejamkor foydalanishni tavsiya qildi.

Uning fikricha, har bir iste’molchi mas’uliyatni his qilmasa, muammolar yanada kuchayishi mumkin. Shuningdek, energetika sohasidagi inqiroz 2028 yilgacha to‘liq hal etilishi rejalashtirilmoqda.

Oldinroq Bosh vazir o‘rinbosari Baxit To‘raboyev ham 2025 yilda mamlakatda elektr energiyasi iste’moli 18,9 milliard kilovatt soatga yetishi kutilayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Yilning yetti oyida ishlab chiqarish 9,24 milliard kilovatt soatni tashkil etdi.

Qish mavsumini yengil o‘tishi uchun Qirg‘iziston Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Rossiyadan jami 4,03 milliard kilovatt soat elektr energiyasi xarid qilishni rejalashtirmoqda. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda mamlakatdagi umumiy elektr energiyasi iste’moli 17,8 milliard kilovatt soatni tashkil etdi.

“To‘qtag‘ul” suv ombori 1970-yillar o‘rtalarida qurilgan bo‘lib, u nafaqat Qirg‘iziston, balki qo‘shni O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istonning suv ta’minotida muhim ahamiyatga ega. Omborning loyihaviy hajmi 19,5 milliard kub metrni tashkil etadi.

2024 yilda ombordagi suv sathi so‘nggi besh yil ichidagi eng past ko‘rsatkichga tushdi. Bundan tashqari, o‘tgan yilning fevral oyida Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida katta avariya yuz berdi, bu gidroelektr stansiyalarga bosimni oshirdi va “To‘qtag‘ul”dan suv chiqarish hajmini ko‘paytirishga majbur qildi.

Joriy yilning yanvar oyida ombordagi suv hajmi atigi 11,1 milliard kub metrni tashkil etdi. Bu holat qish mavsumining og‘ir kechishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirish beradi.

Aholi va tashkilotlar elektr energiyasidan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi zarur.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026