Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Tolibon universitetlarda ayol mualliflarni taqiqladi

Dunyo
47
Tolibon universitetlarda ayol mualliflarni taqiqladi
Afg‘onistonda yangi qaror qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

“Tolibon” muvaqqat hukumati universitetlarda ayollar tomonidan yozilgan kitoblarni o‘quv dasturlaridan chiqarishni buyurdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, taqiqlangan kitoblar soni 680 taga yetdi, ularning 140 tasi ayol mualliflarga tegishli asarlardir.

Bu qaror natijasida mamlakat oliy ta’lim tizimidan ayol olimlar va yozuvchilarining ilmiy hamda adabiy merosi katta qismda yo‘qotildi. Shuningdek, “Tolibon” 18 ta fanni ham universitetlarda o‘qitishni taqiqladi.

Ular orasida “Gender va taraqqiyot”, “Ayollar sotsiologiyasi” hamda “Muloqotda ayollarning roli” kabi fanlar mavjud. Rasmiylar bu fanlarni shariat tamoyillari va harakat siyosatiga zid deb baholamoqda.

Huquq faollari bu qarorni qat’iyan tanqid qilib, ayollar va qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini yanada cheklashini ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, bu nafaqat ta’lim sohasiga, balki mamlakatdagi ilmiy faoliyat va fikr erkinligiga ham jiddiy zarar yetkazadi.

Mutaxassislar taqiqlangan kitoblar orasida uzoq yillar davomida o‘quv dasturlarida asosiy manba bo‘lgan darsliklar ham borligini bildiradi. Bu esa universitetlarda ta’lim sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Xalqaro hamjamiyat esa bu qarorni Afg‘onistonda ayollarga nisbatan kamsitish siyosatining yangi bosqichi sifatida baholamoqda. Ular “Tolibon”ning ushbu amaliyoti mamlakatda gender tengligi va inson huquqlariga mutlaqo zid ekanini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026