Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Trump AQSHda tezkor rezidentlik kartasini taqdim etdi

Dunyo
57
Trump AQSHda tezkor rezidentlik kartasini taqdim etdi
AQSH prezidenti Donald Tramp 19-sentyabr kuni yangi tashabbusini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U “Trump Gold Card” nomli maxsus kartani taqdim etdi. Ushbu karta orqali jismoniy shaxslar va korporatsiyalar Qo‘shma Shtatlarda tezkor rezidentlik huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.

Kartaning boshlang‘ich narxi bir million dollar qilib belgilangan. Korporatsiyalar uchun bu miqdor keyinchalik ikki million dollargacha oshirilishi rejalashtirilgan.

Trampning ta’kidlashicha, loyiha yordamida qisqa vaqt ichida yuz milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb etilishi mumkin. Ushbu mablag‘ soliqlarni kamaytirish, iqtisodiy rivojlanish loyihalariga sarflash hamda davlat qarzini qisqartirishga yo‘naltiriladi.

Kartada AQSH ramzlari, jumladan prezident portreti, burgut, Ozodlik haykali va davlat bayrog‘i oltin fon ustida aks etgan. Kartaning chap tomonida “Trump Gold Card” yozuvi joylashgan.

Tramp o‘z bayonotida uzoq yillar davomida mamlakatga noqonuniy muhojirlar oqib kelgani va immigratsiya tizimining izdan chiqqanini bildirgan. Endi qonunga rioya qiluvchi shaxslar va soliq to‘lovchilar qonuniy immigratsiya dasturidan foydalana olishi kerakligi ta’kidlangan.

Ushbu karta rasmiy saytda viza maqomiga tenglashtirilgan, ammo milliy xavfsizlik yoki boshqa sabablar bilan bekor qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma’muriyat “Trump Platinum Card” nomli yangi kartani joriy etishni rejalashtirmoqda.

Bu karta orqali chet elliklar yiliga 270 kungacha AQSHda yashash huquqiga ega bo‘lib, AQSHdan tashqaridagi daromadlari uchun soliq to‘lamaydi. Ushbu karta sayohat vizasini almashtirishi kutilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, bu tashabbus AQSH immigratsiya siyosatida yangi yo‘nalish ochishi mumkin. Shu bilan birga, loyiha jamoatchilik orasida bahs va munozaralarga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026