ENRU

Dubayda dunyoning eng baland mehmonxonasi ochiladi

Dunyo
383
Dubayda dunyoning eng baland mehmonxonasi ochiladi
Dubay yana bir bor rekordlar poytaxti maqomini tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2025 yil noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik shahrida dunyodagi eng baland mehmonxona ochilishi kutilmoqda. Ciel Dubai Marina nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu bino 377 metr balandlikda barpo etiladi.

U Dubai Marina tumanida joylashib, amirlikning yangi me’moriy timsoliga aylanadi. Ushbu bino 356 metr balandlikdagi Gevora mehmonxonasidan balandroq bo‘ladi.

Mehmonxona NORR Group arxitektura studiyasi tomonidan loyihalashtirilgan va The First Group kompaniyasi hamda China Railway 18th Bureau Group of Dubai ishtirokida qurilgan. Bino InterContinental Hotels Group tarkibidagi Vignette Collection brendi ostida The First Group Hospitality tomonidan boshqariladi.

Ciel Dubai Marina 82 qavatdan iborat bo‘lib, unda 1004 xona va apartament mavjud. Mehmonxonada noyob 12 qavatli atrium bog‘i, taxminan 353 metr balandlikdagi restoran hamda 306 metr balandlikdagi suzish havzasi joy oladi.

Bu havza dunyodagi eng baland suzish havzasi bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, mehmonxonada sakkizta restoran va bar faoliyat yuritadi.

Binodan Dubai Marina sohilbo‘yiga, suv taksilari, Dubai Marina Mall savdo markaziga, tramvay va metro bekatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyati mavjud. Ciel Dubai Marina nafaqat dunyodagi eng baland mehmonxona unvonini oladi, balki eng baland suzish havzasi va eng baland klub nomlari uchun ham Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishi kutilmoqda.

Ushbu mehmonxona nafaqat sayyohlar uchun yangi joziba markazi, balki Dubayning jahon me’morchiligidagi mavqeini yanada mustahkamlovchi ramziy binoga aylanadi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Lyusi Milgrim og‘ir atletika bo‘yicha ko‘rsatgan natijasi bilan butun dunyo e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:29
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini oila qurishga undash maqsadida zamonaviy texnologiyalardan, xususan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ta’sirchan videolardan foydalanmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Yevropa Ittifoqi kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini to‘liq taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Turkiya mintaqaviy energiya markaziga
DunyoKecha, 22:38
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatiga qarashli Shapuri qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi davrida hududni bosqinchilardan ozod qilish yo‘lida jon fido qilgan o‘zbekistonlik jangchilar
DunyoKecha, 21:38
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
Amerika Qo'shma Shtatlari kompaniyalari Markaziy Osiyoning strategik xomashyo zaxiralariga bo'lgan qiziqishini amaliy harakatlar bilan mustahkamlamoqda. Xususan,
DunyoKecha, 21:23
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetdi. Eron Qurolli kuchlari rasmiy vakili Muhammad Akraminia
DunyoKecha, 20:59