ENRU

Dubayda dunyoning eng baland mehmonxonasi ochiladi

Dunyo
44
Dubayda dunyoning eng baland mehmonxonasi ochiladi
Dubay yana jahon e’tiborini o‘ziga qaratdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shahar zamonaviy binolari bilan emas, balki dunyodagi eng baland mehmonxonasi bilan dunyo turizm sohasida yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Noyabr oyidan boshlab Dubay Marina hududida ishga tushishi rejalashtirilgan Ciel Dubai Marina mehmonxonasi nafaqat Birlashgan Arab Amirliklari, balki butun dunyo uchun yangi ramzga aylanadi.

Bu haqida “Dubai Media Office” tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarda ma’lum qilinadi. Yangi bino balandligi 377 metrni tashkil etadi va Dubay Marina hududida joylashgan.

Bu ko‘rsatkich hozirgi rekordchi hisoblangan 356 metrlik Gevora mehmonxonasidan ancha yuqori bo‘lib, yangi yetakchi maqomini oladi. Mehmonxona shaharning ko‘rinishini tubdan o‘zgartirishi kutilyapti.

Loyihani nufuzli NORR Group arxitektura studiyasi ishlab chiqqan, qurilish ishlari esa The First Group tomonidan amalga oshirilgan. Bundan tashqari, yirik pudratchi sifatida China Railway 18th Bureau Group ham loyihada ishtirok etgan.

Mehmonxonani boshqarish The First Group Hospitalityga topshirilgan bo‘lib, u InterContinental Hotels Group (IHG)ning Vignette Collection brendi ostida faoliyat yuritadi. Ciel Dubai Marina mehmonxonasi nafaqat balandligi, balki zamonaviy qulayliklari bilan ham ajralib turadi.

Binoda 82 qavat mavjud bo‘lib, jami 1004 xona va apartamentlar mavjud. Mehmonlar Fors ko‘rfaziga keng panoramali ko‘rinishdan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Shuningdek, 12 qavatli atrium-bog‘, 353 metr balandlikda joylashgan restoran va 306 metrda qurilgan, dunyodagi eng baland basseyn sifatida tan olinishi kutilayotgan hovuz mavjud. Mehmonxona sakkizta restoran va bar bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, u Dubay Marina sohiliga, suv taksilariga, Dubay Marina Mall savdo markaziga hamda tramvay va metro bekatlariga bevosita chiqish imkonini beradi. Ciel Dubai Marina nafaqat dunyoning eng baland mehmonxonasi unvoniga ega bo‘lishi bilan cheklanmaydi, balki eng baland basseyn va eng baland klub rekordlarini ham o‘rnatishi kutilmoqda.

Ushbu rekordlar mehmonxona rasmiy ravishda ochilgandan keyin e’lon qilinadi. Bu yangi inshoot Dubay turizm va mehmondo‘stlik sanoatida yangi davrni boshlab beradi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Lyusi Milgrim og‘ir atletika bo‘yicha ko‘rsatgan natijasi bilan butun dunyo e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:29
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini oila qurishga undash maqsadida zamonaviy texnologiyalardan, xususan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ta’sirchan videolardan foydalanmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Yevropa Ittifoqi kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini to‘liq taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Turkiya mintaqaviy energiya markaziga
DunyoKecha, 22:38
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatiga qarashli Shapuri qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi davrida hududni bosqinchilardan ozod qilish yo‘lida jon fido qilgan o‘zbekistonlik jangchilar
DunyoKecha, 21:38
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
Amerika Qo'shma Shtatlari kompaniyalari Markaziy Osiyoning strategik xomashyo zaxiralariga bo'lgan qiziqishini amaliy harakatlar bilan mustahkamlamoqda. Xususan,
DunyoKecha, 21:23
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetdi. Eron Qurolli kuchlari rasmiy vakili Muhammad Akraminia
DunyoKecha, 20:59