ENRU

Germaniyada noqonuniy ishchilarni aniqlash reydi boshlandi

Dunyo
57
Germaniyada noqonuniy ishchilarni aniqlash reydi boshlandi
Germaniyada umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy ishchi kuchidan foydalanishga qarshi keng ko‘lamli reyd o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Federal bojxona tergovchilari 19-sentyabr kuni mamlakatning turli shaharlarida maxsus tekshiruvlar olib bordi. Kyoln bojxona boshqarmasi matbuot kotibi Yens Alandning ma’lumotiga ko‘ra, bu operatsiya butun Germaniya bo‘ylab amalga oshirilmoqda.

Uning asosiy maqsadi noqonuniy ishga joylashish holatlarini aniqlash, eng kam ish haqi qoidalarining buzilishini fosh etish va qonunbuzarliklarga chek qo‘yishdir. Tekshiruvlarda minglab bojxona xodimlari ishtirok etdi.

Reydlar asosan restoranlar va mehmonxonalarga qaratildi. Ilk tekshiruvlar Kyoln shahrida o‘tkazilib, uchta muassasada qonunbuzarliklar aniqlangan.

Yens Alandning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlar deyarli har kuni uchrab turadi. Ko‘plab korxonalar ishchilarini noqonuniy ravishda ishga olib, ularga belgilangan eng kam ish haqidan kam maosh to‘laydi.

Bu haqda ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Reydlar nafaqat yangi tekshiruvlarni, balki oldin aniqlangan muammolarni ham o‘rganishni o‘z ichiga oldi.

Shu kuni deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan bir shaxs topilib, immigratsiya xizmatiga topshirildi. Hozircha reydning yakuniy natijalari e’lon qilinmadi.

Mutaxassislar tekshiruvlar davomida ko‘plab qonunbuzarliklar aniqlanishi va noqonuniy mehnatga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoBugun, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44