Bugun
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Vetnamni yengib pley-offga chiqdi
+28°
пасмурно ветер 2 м/с, З
ENRU

Rossiyada erkaklar soni keskin kamaymoqda

Dunyo
72
Rossiyada erkaklar soni keskin kamaymoqda
Rossiyada demografik holat so‘nggi yillarda jiddiy o‘zgarishlarga duch kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Civixplorer kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining tarkibida erkaklar soni sezilarli darajada kamaygan. 2024 yilgi hisobotga ko‘ra, Rossiya aholisining 63 foizi ayollar, faqat 37 foizi erkaklardan iborat.

Mutaxassislar bunday vaziyatning asosiy sababi sifatida 2022 yildan beri davom etayotgan Ukraina bilan urush va undagi yo‘qotishlarni ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham ayollar ulushi erkaklardan ko‘p ekanligi qayd etilgan.

Masalan, AQShda ayollar 52,7 foizni, Braziliyda 53,3 foizni, Bangladeshda 53,8 foizni, Meksikada 54,4 foizni, Yaponiyada 55,5 foizni, Germaniyada 52,3 foizni va Tailandda 55 foizni tashkil qiladi. Rossiyada pensiya yoshidagi aholi orasida ham ayollar soni erkaklarga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘p.

Ijtimoiy jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda jami 41 million 169 ming 800 nafaqaxo‘r istiqomat qiladi. Ulardan 13 million 845 ming 500 nafari erkaklar, 27 million 324 ming 300 nafari esa ayollarni tashkil etadi.

Mutasaddilar ta’kidicha, aholi tarkibidagi bunday nomutanosiblik nafaqat demografik muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki iqtisodiy rivojlanish, mehnat bozori va ijtimoiy siyosat sohalarida ham jiddiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Demografik muvozanatning buzilishi Rossiyaning kelajakda yanada katta ijtimoiy sinovlarga duch kelish xavfini oshirmoqda.

Shu sababli, mamlakatda demografik vaziyatni yaxshilash uchun kompleks choralar ko‘rilishi zarur.

O‘xshash yangiliklar

Venetsiya shahri sayyohlar uchun kirish to'lovini sezilarli oshiradi
Venetsiya shahri sayyohlar uchun kirish to'lovini sezilarli oshiradi
Italiyaning tarixiy Venetsiya shahri sayyohlar oqimini tartibga solish maqsadida shaharga kirish uchun belgilangan to'lov miqdorini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 04:11
Makron Trampni Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga ko'ndirmoqchi
Makron Trampni Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga ko'ndirmoqchi
Nyu-York shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi doirasida G‘arb davlatlari koalitsiyasining ichki birligini sinovdan o‘tkazuvchi muhim
DunyoBugun, 03:52
AQSH Grenlandiyadagi sobiq harbiy bazasini qayta ishga tushiradi
AQSH Grenlandiyadagi sobiq harbiy bazasini qayta ishga tushiradi
Amerika Qoʻshma Shtatlari, Daniya va Grenlandiya oʻrtasida Shimoliy qutb hamda Atlantika okeani mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tarixiy kelishuv imzolanmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:29
Germaniya suriyalik qochqinlarni himoya maqomidan mahrum etishga tayyorlanmoqda
Germaniya suriyalik qochqinlarni himoya maqomidan mahrum etishga tayyorlanmoqda
Germaniya hukumati o‘n yildan ortiq davom etgan yumshoq migratsiya siyosatiga chek qo‘yib, mamlakatdagi yuz minglab suriyalik qochqinlarning himoya maqomini ommaviy ravishda bekor qilishga
DunyoBugun, 02:34
Sindi Kroufordning o'g'li Presli Gerber vafot etdi
Sindi Kroufordning o'g'li Presli Gerber vafot etdi
Mashhur supermodel Sindi Krouford va tadbirkor Rendi Gerberning to‘ng‘ich o‘g‘li, taniqli model Presli Gerber 27 yoshida Los-Anjelesdagi sog‘lomlashtirish markazlaridan birida vafot etdi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:06
Qirg'izistondan O'zbekistonga noqonuniy go'sht olib o'tilayotgani ma'lum qilindi
Qirg'izistondan O'zbekistonga noqonuniy go'sht olib o'tilayotgani ma'lum qilindi
Qirgiziston parlamenti deputati Ulanbek Jeenbayev mamlakatdan O'zbekistonga go'sht mahsulotlari noqonuniy yo'llar bilan olib o'tilayotgani haqida bayonot berdi. Jogorku
DunyoBugun, 01:58