Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

AQSH H-1B vizasiga yig‘imni 100 mingga ko‘taradi

Dunyo
34
AQSH H-1B vizasiga yig‘imni 100 mingga ko‘taradi
AQSH prezidenti Donald Tramp ishchi vizalariga oid yangi tartib joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reuters agentligining xabariga ko‘ra, yangi qoida doirasida xorijiy malakali mutaxassislar uchun eng ko‘p ishlatiladigan H-1B ish vizasini rasmiylashtirishda kompaniyalardan 100 ming AQSH dollari miqdorida yig‘im undiriladi. Bu hozirgi to‘lovlardan taxminan 500 baravar ko‘pdir.

Mazkur qaror ayniqsa Amerika Qo‘shma Shtatlarining texnologiya sohasiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mamlakatdagi yirik IT kompaniyalar ko‘pincha Hindiston va Xitoydan keladigan malakali mutaxassislarga tayanadi.

Yangi tartib bu kadrlar oqimini sezilarli darajada kamaytirishi ehtimoli mavjud. AQSH har yili taxminan 85 ming atrofida H-1B vizasi ajratadi.

Ushbu vizalar asosan yuqori malakali IT mutaxassislari, muhandislar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan. Yig‘imlarning keskin oshirilishi esa katta korporatsiyalar uchun qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘lib, ayniqsa startaplar va kichik bizneslar uchun xorijlik kadrlarni yollash imkoniyatlarini cheklashi mumkin.

AQSH hukumati bu qarorni milliy mehnat bozorini himoya qilish va amerikalik mutaxassislar uchun ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tushuntirmoqda. Biroq yirik texnologiya kompaniyalari, xalqaro biznes va ekspertlar bu qarorni keskin tanqid qilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bu qadam Amerika iqtisodiyotiga ikki xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bir tomondan mahalliy mutaxassislar uchun imkoniyatlar kengayishi, ikkinchi tomondan esa yirik IT korporatsiyalarining raqobatbardoshligi va innovatsiya sohasida qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026