Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Tolibon Bagrom aviabazasini qaytarishni rad etdi

Dunyo
36
Tolibon Bagrom aviabazasini qaytarishni rad etdi
Afg‘onistonda hukmronlik qilayotgan Tolibon harakati vakili Zabihullo Mujohid AQSH prezidenti Donald Trampning Bagrom aviabazasini qaytarish haqidagi talabiga munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, Afg‘oniston hech qanday shartda o‘z hududidan voz kechmaydi va mamlakat ichki ishlariga aralashishga yo‘l qo‘ymaydi. Bagrom aviabazasi Amerika harbiylari uchun Afg‘onistondagi eng yirik strategik nuqta hisoblangan va ular bu yerni 2021-yilda tark etgan.

Tolibon vakillari Dohada imzolangan kelishuvga binoan, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning hududiy yaxlitligiga tahdid qilmaslik va ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini olganini ta’kidlaydi. Shuning uchun ular o‘z va’dalarini bajarishi lozim.

Zabihullo Mujohid bayonotida Afg‘oniston barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli va konstruktiv aloqalar o‘rnatishga intilayotganini, AQSH esa o‘tmishdagi xatolarni takrorlamasdan, ratsional va pragmatik siyosat yuritishi zarurligini aytdi. Mavzu yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi shtabi rahbari Fasihuddin Fitrat ham fikr bildirdi.

U «bazani qaytarish» masalasi siyosiy kelishuv orqali hal qilinmasligini, Afg‘onistonning bir qarich yeri ham savdo obyekti emasligini ta’kidladi. Politico nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha AQSH rasmiylari Afg‘oniston bilan Bagrom bazasi haqida ochiq muzokaralar olib borayotgani haqida ma’lumot yo‘q.

Biroq, Trampning keskin bayonotlaridan so‘ng vaziyat yanada dolzarb tus oldi. Avvalroq Tramp o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida agar Afg‘oniston Bagrom bazasini qaytarmasa, og‘ir oqibatlar yuz berishini ogohlantirgan.

Shuningdek, u Jo Bayden ma’muriyatini aviabazani Tolibon qo‘liga topshirib, Xitoyga mintaqada ta’sir o‘tkazish imkoniyatini berishda ayblagan. 2021-yilda AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketgach, Tolibon qisqa muddat ichida mamlakatda to‘liq hokimiyatni qo‘lga kiritgan.

Hozirda Bagrom aviabazasi masalasi Vashington va Qobul o‘rtasidagi munosabatlarda yangi tortishuv nuqtasiga aylangan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026