ENRU

Novorossiyskda Ukraina dronlari port va shaharni urdi

Dunyo
37
Novorossiyskda Ukraina dronlari port va shaharni urdi
2023-yil 24-sentyabr kuni Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar viloyatidagi Novorossiysk shahri markaziga hujum uyushtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hudud gubernatori Veniamin Kondratevning ma’lum qilishicha, ushbu hujum natijasida shahar markazidagi bir qator bino va inshootlarga zarar yetdi. Aynan shu vaqtda dengiz dronlari ham Novorossiysk portiga zarba berdi.

Ushbu port Rossiyaning eng yirik dengiz yo‘laklaridan biri bo‘lib, unda xalqaro Kaspiy quvurlari konsorsiumining neft terminali hamda Qora dengiz floti harbiy-dengiz bazasi joylashgan. Hududiy favqulodda shtab xabariga ko‘ra, hujum oqibatida yettita turar-joy binosi zarar ko‘rgan, jumladan, «Novorossiysk» mehmonxonasi va Shevchenko ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketgan.

Hodisa sabab ikki kishi halok bo‘lib, yana yettita shaxs turli darajada jarohat olgan. Jabrlanganlar orasida voyaga yetmagan bola ham bor, ularning uch nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, 20 dan ortiq avtomobillarga zarar yetgan, uchtasi to‘liq yonib ketgan. Shaharda favqulodda holat e’lon qilinib, gubernator aholini xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish va imkon qadar uyda qolishga chaqirdi.

Kaspiy quvurlari konsorsiumi hujum sabab ofis faoliyatini vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi. Bino zarar ko‘rgani uchun barcha xodimlar evakuatsiya qilingan.

Konsorsium ma’lumotlariga ko‘ra, ikki ishchi jarohat olgan, shuningdek, kompaniya xodimlariga aloqasi yo‘q shaxslar orasida ham og‘ir jarohatlanganlar mavjud. Rossiyaning dengiz va daryo transporti federal agentligi (Rosmorrechflot)ning xabar berishicha, hujumdan keyin port infratuzilmalari va kemalarga katta zarar yetmagan.

Hodisa yuzasidan Krasnodar hududida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Gelenjik shahrida barcha suzish vositalarining dengizga chiqishi vaqtincha taqiqlangan.

Tuapse va Sochi shaharlarida esa qirg‘oqbo‘yi aholisi vaqtinchalik evakuatsiya qilinmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi va Ukraina harbiylari hozirgacha ushbu hodisa yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16