Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Xitoy internetda salbiy kontentga qarshi kampaniya boshladi

Dunyo
69
Xitoy internetda salbiy kontentga qarshi kampaniya boshladi
Xitoy kibermakon ma’muriyati internetda salbiy kayfiyat tarqatuvchi kontentga qarshi ikki oylik keng qamrovli kampaniya boshlashini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu kampaniya doirasida rasmiylar internet trollari va provokatorlarga qarshi qattiq chora ko‘rishni rejalashtirmoqda. Asosiy e’tibor ijtimoiy tarmoqlar, qisqa video platformalari va strim-translyatsiya xizmatlarida tarqalayotgan salbiy mazmundagi materiallarga qaratiladi.

Kampaniya doirasida hayotga salbiy munosabat uyg‘otadigan, yashashdan charchash kabi kayfiyatlarni kuchaytiruvchi kontentlarga qarshi chora ko‘riladi. Shuningdek, yoshlar orasida keng tarqalgan va iqtisodiy qiyinchiliklar, ish o‘rinlarining yetishmasligi sababli paydo bo‘lgan «sanga madaniyati»ga qarshi kurash olib boriladi.

Bu madaniyatning tarqalishi nafaqat yoshlar ongiga, balki butun jamiyat kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning algoritmlari ko‘pincha foydalanuvchilarning qiziqishlariga mos kontentni taqdim etib, salbiy fikrlarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu sababli yangi kampaniya asosan salbiy fikrlar, asossiz tanqidlar va muhokamalarni qo‘zg‘atayotganlarga qaratiladi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt yordamida tarqatilayotgan shafqatsiz va murosasiz materiallar ham taqiqlanadi.

Internet trollari yashirinishga majbur qilinadi, fitna nazariyalari va soxta ma’lumotlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Qoidabuzarlarga nisbatan qattiq jazo choralarini qo‘llash rejalashtirilmoqda, biroq davlat tomonidan aniq qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi hozircha ma’lum emas.

Yangi siyosat orqali Xitoy rasmiylari internet muhitini tozalash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom kayfiyatni shakllantirish va virtual olamda nazoratni kuchaytirishni maqsad qilgan.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026