Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+16°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, ЮЗ
ENRU

Janubiy Koreyada erkak politsiyaga 60 ming marta qo‘ng‘iroq qilgan

Dunyo
34
Janubiy Koreyada erkak politsiyaga 60 ming marta qo‘ng‘iroq qilgan
Janubiy Koreyada yashovchi 50 yoshli erkak ikki yil davomida politsiyaga deyarli 60 ming marta qo‘ng‘iroq qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The Korea Herald nashrining xabariga ko‘ra, ushbu shaxs 2022 yildan 2024 yilgacha jami 58 307 marta politsiyaga telefon qilgan. Bu kuniga o‘rtacha 80 marta qo‘ng‘iroq qilishga teng.

Eng yuqori faollik 2024 yil may oyida kuzatilgan bo‘lib, to‘rt kun ichida u huquq-tartibot organlariga qariyb 2000 marta murojaat qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak avvalroq telefon orqali bezovta qilgani uchun ma’muriy jazoga tortilgan.

Yangi qonun loyihasi esa unga yoqmagani sababli u politsiyaga qayta-qayta murojaat qilishni davom ettirgan. Qo‘ng‘iroqlar davomida u turli yolg‘on ma’lumotlar bergan, jumladan, ukasini o‘ldirish bilan tahdid qilgani va o‘tgan o‘n yil davomida asirlikda saqlanganini aytgan.

Tekshiruv natijasida uning 50 dan ortiq qo‘ng‘irog‘i og‘ir jinoyatlar qatoriga kirishi aniqlangan. Hozirda erkak xizmat burchlariga to‘sqinlik qilgani uchun tergov qilinmoqda.

U politsiyaga ko‘p marta qo‘ng‘iroq qilishini o‘zining yolg‘izligini yengish usuli sifatida izohlagan. Ko‘pincha uyda yolg‘iz ichib olib, keyin politsiyaga telefon qilish odatiga aylangan.

Ushbu holat yuzasidan erkak besh yilgacha qamoq jazosiga yoki 10 million von miqdorida jarimaga tortilishi mumkinligi aytilmoqda. Politsiya va sud organlari mazkur holatni chuqur o‘rganmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026