Bugun
YUNICEF: El-Nino kuchayishi 347 million ballarni xavfga soladi
+19°
небольшая облачность ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Shimoliy Koreyada sevgi maktublari taqiqlanmoqda

Dunyo
66
Shimoliy Koreyada sevgi maktublari taqiqlanmoqda
Shimoliy Koreyada fuqarolar o‘rtasida sevgi izhor qilingan maktublarni yozish qat’iyan taqiqlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiylar bunday harakatlarni “kapitalistik buzilgan turmush tarzi” deb baholab, keskin tanqid qilmoqda. Metro nashrining xabariga ko‘ra, Hamhun shahridagi bir fabrikada o‘tkazilgan tekshiruvda sevgi maktubi topilgan.

Maktubda “Men seni yaxshi ko‘raman” va “Faqat sen haqingda o‘ylayman” kabi so‘zlar yozilganligi ma’lum qilindi. Ushbu holat mamlakat bo‘ylab keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Maktub muallifi jamoat oldida “axloqan buzilgan” sifatida tanqid qilinib, o‘z xatosini tan olib, ochiqcha pushaymonlik bildirishga majbur qilindi. Guvohlarning aytishicha, fabrikadagi boshqa ishchilar ham ushbu jarayonni majburan kuzatishga majbur bo‘lgan.

Bu voqea Shimoliy Koreyada shaxsiy his-tuyg‘ularni ochiq ifoda etishning jiddiy cheklovlarga duch kelayotganini ko‘rsatadi. Rasmiy siyosat doirasida bunday maktublar “ijtimoiy tartib va axloq me’yorlariga zid” deb hisoblanmoqda.

Natijada, shaxsiy munosabatlarni ifoda etish usullari qat’iy nazorat ostida saqlanmoqda. Bu holat mamlakatda inson huquqlari va erkinliklari sohasida cheklovlarning mavjudligini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘xshash yangiliklar

YUNICEF: El-Nino kuchayishi 347 million ballarni xavfga soladi
YUNICEF: El-Nino kuchayishi 347 million ballarni xavfga soladi
BMTning Bolalar xalqaro jamg‘armasi (UNICEF) iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Tinch okeanidagi kuchli tabiiy anamaliya —
DunyoBugun, 05:51
Yevropa Ittifoqi energetika bozorida jiddiy sinovga duch keladi
Yevropa Ittifoqi energetika bozorida jiddiy sinovga duch keladi
Yevropa Ittifoqi qish mavsumida energetika bozorida jiddiy sinovga duch keladi. Yevrokomissiya vakili Anna-Kaysa Itkonen Bryusselda jurnalistlar oldida chiqib,
DunyoBugun, 05:29
AQSH HACM gipertovushli raketasi Woomerada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
AQSH HACM gipertovushli raketasi Woomerada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
AQSH Harbiy-havo kuchlari Avstraliya Qirollik HHK bilan hamkorlikda yangi avlod gipertovushli qanotli raketasi hisoblangan HACM (Hypersonic Attack Cruise Missile) loyihasi bo‘yicha ilk
DunyoBugun, 04:54
Ispaniyada o'n qavatli jonli minoralar qurish musobaqasi o'tkazildi
Ispaniyada o'n qavatli jonli minoralar qurish musobaqasi o'tkazildi
Ispaniyaning Tarragona shahrida insonlardan ulkan minoralar barpo etish bo‘yicha an’anaviy musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘ttizinchi bor tashkil etilgan bellashuvda
DunyoBugun, 04:08
Yevropa davlatlarining harbiy xarajatlari ikki barobarga oshishi kutilmoqda
Yevropa davlatlarining harbiy xarajatlari ikki barobarga oshishi kutilmoqda
Yevropa qit’asi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi eng yirik va keng ko‘lamli qayta qurollanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Stokholm xalqaro tinchlik
DunyoBugun, 03:35
MrBeast yangi videosi bilan navbatdagi jahon rekordini o'rnatdi
MrBeast yangi videosi bilan navbatdagi jahon rekordini o'rnatdi
Mashhur videobloger MrBeast o‘zining yangi loyihasi bilan navbatdagi jahon rekordini o‘rnatdi. Uning oziq-ovqat do‘konidagi barcha mahsulotlarni yeb tugatish sharti
DunyoBugun, 03:30