Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Venera orbitasida xavfli asteroidlar guruhi aniqlandi

Dunyo
53
Venera orbitasida xavfli asteroidlar guruhi aniqlandi
San-Paulu universiteti astronomlari Venera sayyorasi orbitasi atrofida harakatlanadigan va zamonaviy teleskoplarda deyarli ko‘rinmaydigan asteroidlar guruhini aniqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Astronomy & Astrophysics jurnalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu asteroidlar “Venera ko-orbital asteroidlari” deb nomlanadi. Ular sayyora atrofida noaniq trayektoriya bo‘yicha harakat qilib, har 12 ming yilda Yer uchun xavfli holatga o‘tishi mumkin.

Olimlarning fikricha, Quyoshga yaqin orbitada joylashgan bunday obyektlar eng katta xavfni tug‘diradi, chunki ularni teleskoplar yordamida kuzatish juda qiyin. Tadqiqot muallifi Valerio Karruba asteroid diametri 300 metr bo‘lib, u 4,5 kilometrgacha krater hosil qilishi va yuzlab megatonna energiya chiqarishi mumkinligini ta’kidladi.

Agar bunday obyekt aholi yashaydigan hududga tushsa, oqibatlari juda jiddiy bo‘ladi. Shuningdek, hatto eng zamonaviy rasadxonalar ham bunday asteroidlarni yil davomida faqat bir-ikki hafta kuzata oladi.

Shu sababli olimlar Quyosh atrofidagi fazoni yaxshiroq kuzatish uchun maxsus kosmik teleskoplarni ishga tushirishni taklif qilmoqda. Bu tadqiqotlar sayyoramiz xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026