Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Hindiston AQSHdan neft importini oshirishni so‘radi

Dunyo
20
Hindiston AQSHdan neft importini oshirishni so‘radi
Bloomberg agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston hukumati rasmiylari AQSHdan Rossiyadan neft importini kamaytirish evaziga sanksiyalar ostidagi Eron va Venesueladan neft sotib olishga ruxsat berishni so‘ragan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Hindiston delegatsiyasi AQSHga amalga oshirgan rasmiy tashrif chog‘ida ham takrorlangan. Hindiston vakillari ta’kidlaganidek, Rossiya, Eron va Venesuela kabi yirik neft yetkazib beruvchilarining bir vaqtning o‘zida ta’minotdan chiqishi jahon bozorida neft narxining keskin oshishiga olib kelishi mumkin.

Shu sababli mamlakat ushbu muammolarni oldini olish maqsadida AQSHdan neft xaridlarini ko‘paytirishni istamoqda. Muzokaralar AQSHning Rossiyaga nisbatan neft savdosi uchun Hindistonga qo‘llagan qat’iy tariflari joriy etilgandan keyin o‘tkazildi.

Shunga qaramay, Hindiston Rossiyadan neft importini kamaytirgan bo‘lsa-da, uni to‘xtatmagan. Hindistonning neftga bo‘lgan ehtiyoji asosan import hisobidan qoplanadi va Rossiyaning arzon nefti mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega.

Misol uchun, iyul oyida Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya neft barrelini o‘rtacha 68,90 dollardan, Saudiya Arabistoni neft barrelini 77,50 dollardan, AQSH neft barrelini esa 74,20 dollardan xarid qilgan. Hozirgi kunda Hindiston Rossiya neftini tanker orqali eng yirik miqdorda sotib oluvchi mamlakat hisoblanadi.

Shuningdek, Nyu-Yorkda bo‘lgan Hindiston savdo vaziri Piyush Goyyal AQSHdan neft va gaz xaridlarini oshirish niyatini ochiq bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston energiya xavfsizligi strategiyasida AQSHning ulushi katta ahamiyatga ega.

Bu mamlakatning energetika sohasida barqarorlikni ta’minlash va bozor sharoitlariga moslashish siyosatidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026